33
Shartli (implikativ) hukm
ikki oddiy hukmning “agar... unda”
mantiqiy bog„lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli hukmning
mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash
zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta‟minlaydigan
holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo„lmasa, hodisa ham
bo„lmaydi.
Hodisa uchun yetarli bo„lgan shart deb, har safar shu shart bo„lganda,
o„sha hodisa kuzatiladigan holatga aytiladi. Masalan: “Agar yomg„ir
yog„sa, unda uylarning tomi ho„l bo„ladi” (Agar S –P bo„lsa, S1 – P1
bo„ladi formulasi orqali ifodalanadi). Shartlar “yetarli, lekin zaruriy
bo„lmagan”, “zaruriy, lekin yetarli bo„lmagan”, “zaruriy va yetarli”
bo„lishi mumkin.
Shartli hukm tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. Shartli
hukmning “Agar” va “unda” so„zlari oralig„idagi qismi – asos, “unda”
so„zidan keyingi qismi – natija deb ataladi. “Agar yomg„ir yog„sa, unda
uylarning tomi ho„l bo„ladi” hukmida “yomg„ir yog„sa” hukmi asos,
“uylarning tomi ho„l bo„ladi” hukmi – natija hisoblanadi.
Demak, asosda ko„rsatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning
kelib chiqishi uchun yetarli shartni ifodalagan hukm, shartli hukm deyiladi
Shartli (implikativ) hukmlar “agar ... unda” mantiqiy bog„lamasi (
)
belgi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamon mantiq ilmida esa (
) simvoli bilan
belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. Shartli
hukm esa implikativ hukm deb yuritiladi.
p
q
p
q
chin
chin
xato
xato
chin
xato
chin
xato
chin
xato
chin
chin
Dostları ilə paylaş: