129
davomida Yer kurrasi aholisining ekologik moslashuvi natijasida insonlarning
adaptiv (moslashgan) tiplari kelib chiqqan.
Adaptiv tip
– ma’lum muhit
sharoitiga moslanishni ta’minlovchi morfologik,
fiziologik, biokimyoviy
belgilar majmuasining rivojlanishini belgilovchi reaksiya normasidir.
Reaksiya normasi qancha keng bo‘lsa, moslanishlar ham shuncha yaxshi
bo‘ladi. Bu moslanishlar o‘zgaruvchanlikka bog‘liq.
Adaptiv tiplar irqlarga bog‘liq emas. Ularga
xos belgilar embrional
rivojlanish davridayoq namoyon bo‘la boshlaydi. Har xil iqlimli hududlarda
yashovchi xalqlarning ovqatlanishida ham farq mavjud. Shu tufayli ularning
hazm
fermentlari sintezi, ajratilishida o‘ziga xos moslanishlar mavjud.
Arktik adaptiv tip.
Sovuq iqlim va ko‘proq hayvon mahsulotlari bilan
oziqlanish sharoitida shakllanadi. Arktika xalqlari orasida ham o‘simliklar
tarkibidagi C vitaminini kam iste’mol qilishga moslanish xususiyati
rivojlangan. Arktik adaptiv tipning xarakterli belgilariga:
tananing suyak-
muskul sistemasining yaxshi rivojlanganligi, ko‘krak qafasining kengligi, gaz
almashinuvining
jadalligi, qonda lipid va oqsilning, gemoglobin va xolesterin
miqdorining ko‘pligi, lipidlarning yaxshi oksidlanishi, energiya almashinuvining
kuchliligi va termoregulatsiyaning yaxshi rivojlanganligi ham kiradi.
Tropik adaptiv tip.
Mazkur
adaptiv tip issiq va nam iqlim, oziq
ratsionida hayvon oqsili nisbatan kam sharoitda shakllanadi. Oziq-ovqat
mahsulotlari asosan o‘simliklardan tayyorlangan bo‘lib, uglevodlarga boy.
Belgilari: mushak massasining kamligi, oyoq-qo‘llarning
uzunligi, ko‘p ter
ajratish, ko‘krak qafasi torligi, ter bezlarining ko‘p bo‘lishi, qonda xolesterin
miqdorining kamligi bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: