60
sathli qattiq barglar (yantoq); mayda bo‘laklarga qirqilgan barglar (shuvoq),
tangacha shaklidagi barglar (saksovul, archa);
barglarning mum yoki tuklar
bilan qoplanishi; barg og‘izchalarining chuqur joylashuvi kabilar paydo
bo‘lgan.
Gigrofitlar (yunoncha «hygros» – nam, «phyton» – o‘simlik) – nam tuproq
va yuqori namlikka ega joyda o‘sadigan o‘simliklar. Gigrofit o‘simliklarga sholi,
shakarqamish va boshqalar misol bo‘ladi. Gigrofitlar tuproqda namlik kamaygan
holda tez so‘lib qoladi. Ularning ayrim turlari (botqoq gigrofitlari)ning ildizi va
poyalarida aerenximiya (yunoncha «aeg» – havo, «enchyma» – hujayra) –
zaxirada havo saqlovchi hujayralar bo‘ladi. Gigrofitlarda
ildiz tizimi kuchsiz,
ildiz tukchalari rivojlanmagan, transpiratsiya kuchli bo‘ladi. Barg plastinkalari
yupqa va undagi og‘izchalar doim ochiq bo‘ladi.
Mezofit (yunoncha «mesos» – o‘rtacha, «phyton» – o‘simlik) – mo‘tadil
nam sharoitda o‘sadigan o‘simliklar sanaladi. Ular qisqa muddat namlik
yetishmovchiligiga chiday oladi. Ildiz tizimi o‘rtacha rivojlangan bo‘lib, ildiz
tukchalariga ega, barglarida barg og‘izchalari mavjud. O‘simlik tanasidagi
namlik miqdoriga qarab og‘izchalar ochilishi yoki yopilishi mumkin. Adir,
o‘tloq o‘simliklari, shuningdek, mo‘tadil zonadagi
deyarli barcha madaniy
o‘simliklar mezofit bo‘lib, ular o‘simliklarning boshqa ekologik guruhlariga
nisbatan keng tarqalgan.
Hayvonlarning namlikka moslanishiga ko‘ra ekologik guruhlari.
Namlik hayvonlar uchun ham muhim ekologik omil sanaladi. Namlik
darajasiga ko‘ra hayvonlarni quyidagi ekologik guruhlarga ajratish mumkin:
suv muhitida yashaydigan (korallar, meduzalar,
baliqlar, kitlar, delfinlar),
suv va quruqlik muhitida yashaydigan (qurbaqalar, timsohlar, pingvinlar),
quruqlik muhitida yashaydigan hayvonlar (bo‘g‘imoyoqlilarning vakillari,
sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar).
Quruqlikda yashovchi
hayvonlar ham tanasidan ajralib chiqadigan namlik miqdorini qayta
to‘ldirish uchun vaqti-vaqti bilan suvga ehtiyoj sezadi. Hayvonlarda suv
rejimiga bog‘liq holda moslanish turlari: fiziologik,
morfologik va etologik
moslanishlar mavjud.
Fiziologik moslanishlar organizmda namlikka bo‘lgan ehtiyojni qondiruvchi
hayotiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Qushlar, sutemi-
zuvchilar suv ichadi, suvda hamda quruqlikda yashovchi
hayvonlar esa terisi
orqali shimadi. Cho‘l hayvonlari uchun esa iste’mol qiladigan oziq-ovqat
tarkibidagi suv yetarli hisoblanadi. Organizm tarkibidagi yog‘ zaxirasining
oksidlanishi jarayonida hosil bo‘ladigan metabolitik suv hisobiga yashaydigan
hayvonlar ham ko‘p. Nam tanqis bo‘lgan joylarda yashovchi organizmlar uchun
61
xos metabolit, ya’ni moddalar almashinuvining oxirgi
mahsuloti siydik kislota
hisoblanadi. Siydik kislota suvda yomon eriganligi tufayli uni organizmdan
chiqarib yuborish uchun suv deyarli talab etilmaydi.
Morfologik moslanishlar hayvon organizmida suvni saqlashga qaratilgan
moslanishlar hisoblanadi. Qushlar tanasi pat bilan,
sutemizuvchilar tanasi
jun bilan, sudralib yuruvchilar tanasi muguz tangachalar bilan qoplangan.
Hasharotlar va o‘rgimchaksimonlar qalin xitindan iborat tana qoplamiga
ega, quruqlikda yashovchi molluskalarda chig‘anoq bo‘ladi.
Etologik moslanishlar – hayvonlar tomonidan suvni qidirib topishga
yo‘naltirilgan moslanish. Ko‘pgina hayvonlar vaqti-vaqti bilan suv
ichgani suv manbalariga boradi. Hayvonlarning suvga bo‘lgan
ehtiyoji
qurg‘oqchilik davrida ularning suv mo‘l bo‘lgan joylarga migratsiya qilishiga
sabab bo‘ladi. Masalan, antilopalar, sayg‘oqlar uzoq joylarga migratsiya
qiladi. Ayrim hayvonlar qurg‘oqchilik davrida tungi hayot tarziga o‘tadi
yoki yozgi uyquga ketadi (1-jadval).
1-jadval
Dostları ilə paylaş: