23
5.
Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi
ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng
so‘nggi ma’lumotlarni o‘rganish.
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda
ishtirok etish ijobiy natijalar beradi.
Binobarin, bunday muhitda o‘zaro
fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirila-
yotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga
ishonch
hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki
kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini
topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’-
minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamo-
ada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga
nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish
pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi
bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar
bilan munosabatda
muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida yosh o‘qituvchilarning
kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish
maqsadida qizg‘in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalq
ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga
oshirilayotgan “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida
respublika hududlarida masofadan o‘qitishning “Ta’lim-resurs” Markaz-
lari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o‘qituvchilarning
xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug‘ildi.
Maktablarga yosh o‘qituvchilarni jalb etish va ularga har tomonlama
amaliy yordam berish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or
va zamonaviy
texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish maqsadida 2009-yildan
boshlab “Respublika yosh o‘qituvchilar assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini
boshladi.
Mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi
bilan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami
sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda an’anaviy ravishda “Yilning
eng yaxshi pedagogi” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.
Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan
pedagog xodimlar
orasidan ilg‘or va tashabbuskor o‘qituvchilar aniqlanib rag‘batlantirilishi,
yosh o‘qituvchilarda o‘z kasbiga nisbatan hurmat va ehtirom uyg‘otadi.
24
2006-yildan boshlab esa, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik
tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. “Yil maktabi” – Respublika ko‘rik-tanlovi
o‘qituvchilarga jamoa asosida ta’lim muassasasida qo‘lga kiritilayotgan
yutuqlarni targ‘ib etish uchun sharoit yaratmoqda.
Shuningdek, mustaqillik yillarida respublika xalq ta’limi tizimidagi
3425 nafar o‘qituvchi va murabbiylar pedagogik faoliyatda ulkan yutuq-
larni qo‘lga kiritganlari va fidokorona mehnatlari uchun turli davlat
mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandilar.
Barkamol avlodga ta’lim va tarbiya berishda
cheksiz matonatlari
uchun ustoz o‘qituvchilardan olti nafari “O‘zbekiston Qahramoni” unvo-
ni bilan, 302 nafari “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” va 319
nafari “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy
unvonlariga sazovor bo‘lganlar, 101 nafari “El-yurt hurmati”, 21 nafari
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, 1229 nafari “Shuhrat”
medali bilan taqdirlanganlar.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy
model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy
xususiyatlarini
inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida
tayyorlangan kadr (mutaxassis) – barkamol inson va yetuk mutaxassis
qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayo-
nida asosan o‘qituvchi kadrlarning roli nihoyatda beqiyos. XXI asr
bolasini o‘qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va yetuk malakali
mutaxassis kadrlar darajasiga etkazish vazifasini faqat yuksak tajribaga
ega XXI asr o‘qituvchisigina uddalay oladi.
Dostları ilə paylaş: