O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   284
O‘quvchilarni ishontirish
tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan 
bo‘lib, o‘qituvchi fikr-mulohazalarini ta’sirchan nutq orqali o‘quv-
chining bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti-
harakatiga ta’sir etadi va uni qisman o‘zgartiradi. Ishontirish 
o‘qituvchining kasb faoliyatiga taalluqli bo‘lgan murakkab faoliyatida 
asosiy ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida 
ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi.
O‘quvchi ongiga ta’sir 
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishontirish usuli o‘qituvchidan bahs, 
munozara asosida dalillar keltirishni, isbot va mantiqqa tayanishni talab 
qiladi. Ayniqsa o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida o‘rganilayotgan 
mavzuga taalluqli muqobillik mavjud bo‘lganda, tanqid va fikrlar 
kurashiga tayanilganda samarali bo‘ladi.
Ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan ekan, o‘qituv-
chining his-tuyg‘usi, nutqi va ishontira olish san’ati bunda muhim aha-
miyatga ega. U pedagogik ta’sir ko‘rsatish usuli sifatida darslarda yangi 
mavzuni tushuntirishda, o‘quv-tarbiyaviy soatlarda, turli uchrashuvlar va 
ijodiy suhbatlarda munozaralar shaklida qo‘llaniladi. Tarbiyaviy tadbir-
larda ishontirish usuli sinf jamoasi bilan hamda alohida o‘quvchi bilan 
individual suhbatlar o‘tkazish, siyosiy mavzulardagi darslarda keng 
qo‘llaniladi. Ishontirish usuli yordamida o‘quvchilarning dunyoqarashi 
shakllantiriladi. Bu ayniqsa o‘quvchi ongini begona mafkuraviy g‘oya-
lardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega, ishontirish asosida 
o‘quvchiga ideal va mustaqil fikrlar qayta quriladi, ularni ba’zi psixik 
ta’sirlar tufayli sodir bo‘ladigan tushkunlik holatidan asraydi, ularda er-
kinlikni hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stiradi, o‘ziga va kela-
jagiga ishonch uyg‘otadi, o‘z-o‘zini tarbiyalashda, mustahkam irodani 
shakllantirishga undaydi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin