63
pok ko‘ngillilik. O‘qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‘lishi,
muomala madaniyatini muntazam o‘zida shakllantirib borishi lozim.
Perseptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish,
ya’ni kuzatuvchanlik muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchining shijoati nati-
jasida
rivojlanadi, takomillashadi. O‘qituvchi o‘quvchining psixologiya-
sini, psixik holatini o‘ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga
pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.
Empatik qobiliyat: bolalarga bo‘lgan muhabbatdan kelib chiqadigan
o‘quvchilarning his-tuyg‘usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish,
tushunish, idrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir.
Ta’lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati: o‘qituvchi o‘z
bilimini o‘quvchi ongi va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza
olishi, ta’lim va tarbiyada belgilangan muddatda maqsadga erishish
qobiliyatidir.
Didaktik qobiliyat: o‘quvchilar
bilan muloqot qilishda, pedagogika-
ning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur
o‘zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars
pedagogik texnologiyalar
asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon
talablariga javob berishi kerak.
Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir.
U sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga,
to‘garaklarga jalb qila olishida, sinf jamoasining har bir o‘quvchiga faol
vaziyatni ta’minlab berishida namoyon bo‘ladi.
Konstruktiv qobiliyat: o‘qituvchining o‘quv–tarbiyaviy faoliyatni
puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan
kasbiy pedagogik vaziyat
bosqichlarini oldindan ko‘ra olishi.
Bilish qobiliyati: o‘qituvchining o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur
bilishida, o‘zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi.
Anglash (tushunish) qobiliyati: o‘qituvchining ziyrakligi va udda-
buronligi, voqea va hodisalarni chuqur idrok etib, ularga adolatli muno-
sabatda bo‘lishi.
Pedagogik qobiliyatlarning
Dostları ilə paylaş: