59
laganidek:
«Biz iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivoj-
lanishni ma’naviy o‘nglash, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish
harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishni»
10
- istayotgan bir davrda
yashayapmiz. Bu istak esa yoshlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ul-
lanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g‘oyaviy –
siyosiy e’tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega
bo‘lish lozimligini taqozo qilmoqda. Chunonchi, bu hol ta’lim tizimi va
kasb-hunar ta’limi muassasalari yangilanayotgan, ta’lim - tarbiyaning
mazmuni, shakli, usullari, vositalari majmuiga, o‘quv – tarbiya jarayoni-
ga o‘zbekona urf – odatlar faol kirib borayotgan bir sharoitda yuz ber-
moqda. Bu o‘zgarishlar har bir o‘qituvchini yangicha fikrlashga, shar-
qona ish yuritishga, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka, ma’naviy – ma’ri-
fiy ishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga undaydi. Shuning uchun ham
bugungi kunda o‘tgan davrdagidan ko‘proq pedagogika fani oldida yan-
gicha fikr yuritadigan o‘qituvchi - tarbiyachini tayyorlash, uning kasbiy
mahorati va malakasini takomillashtirish uchun o‘qitish va tarbiya-
lashning zamonaviy shakl, usul, vositalarini ishlab chiqish juda muhim-
dir. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘qituvchilik kasbini tanlagan har
bir yigit va qiz o‘ziga shu kasbni sevishi yoki sevmasligi to‘g‘risida savol
beradi. Zero masalaning yana bir muhim tomoni borki, bu bo‘lajak
o‘qituvchi pedagogik qobiliyatga egami yoki yo‘qmi degan muammo
paydo bo‘ladi. Vaholanki har bir kasb, qobiliyat orqali egallanadi va
mukammal o‘rganiladi.
Pedagogik qobiliyatlar o‘z funksiyasiga ko‘ra
Dostları ilə paylaş: