54
3 – BOB. O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK
QOBILIYAT
Tayanch tushunchalar:
Qobiliyat; psixik sifatlar; xotira va xarakter; individual-psixologik
xususiyat; intellektlar to‘plami; modifikatsiya; kinestetik qobiliyat; man-
tiqiy qobiliyat; ko‘nikma va malakalar; mohirlik; iqtidor, iste’dod va
daholik; mahsuldor; psixologik va fiziologik tuzilish; evristik; kreativ;
umumiy va maxsus; talant; xususiyatlar ansambli; layoqat va zehn;
kommunikativ qobiliyat; didaktik qobiliyat; tayanch xususiyatlar;
yetakchi xususiyatlar; yordamchi xususiyatlar.
3.1. Qobiliyatning pedagogik – psixologik tasnifi
Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muay-
yan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish
subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar
yig‘indisidir. Zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash
dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar
individual-psixologik
xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga,
ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg‘ulariga
qarama-qarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak.
Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida
olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to‘plami deb atadi va
uning ettita jihatini ajratib ko‘rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan
oltitasini o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai
nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveeva ushbu
jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va
o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim
ahamiyat kasb etishini
ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tadi:
1.
Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati.
O‘qituvchi o‘quvchilar
bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim
yarata oladi.
55
2.
Voqealarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati:
Ushbu qobiliyat turi
har bir o‘qituvchining sergakligida, o‘quvchilarning ruhiyatini, ichki
dunyosini ko‘ra olishida namoyon bo‘ladi. Shunda o‘qituvchi kim nima-
ga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
3.
Eshitish va his qilish qobiliyati.
Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan
insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya
asosida proza va poeziyani yaxshi o‘qishadi, eshitgan narsasini xotirada
saqlaydi, ayniqsa, she’r va qo‘shiqlarni sevib tinglaydi.
4.
Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat.
O‘qituvchining o‘z hatti hara-
katlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda
yo‘naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi, o‘zi uchun maishiy
qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5.
Mantiqiy qobiliyat.
Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni,
matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va
oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkin-
chi darajalisidan ajrata oladi;
6.
Shaxsning ichki qobiliyati.
O‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushu-
nishi va his qilish qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat mukammal
rivojlanadi, irodasi mustahkam, qat’iyatli, har qanday vaziyatda o‘z fikr-
mulohazasini erkin bayon eta oladi.
Qobiliyat o‘qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi.
Bir xil sharoitda qobiliyatli o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida ham qobiliyati
past kishilarga qaraganda ko‘proq yutuqlarga erishadilar.
Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq
oldinga
siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng
yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli kishi muta-
xassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab
chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar nati-
jasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos
bo‘lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit
yaratadi,
shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir.
Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahorat-
ni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malaka-
lardir.
Ko‘nikmalar
– o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilin-
gan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
56
Malakalar
– o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida
hosil
qilingan
kasbiy
intellektual
faoliyatning
avtomatlashgan
komponentlari yig‘indisi.
Ular o‘qituvchi kasbiy faoliyati mexanizmining asosini tashkil qiluv-
chi jarayonlar bo‘lib, qobiliyat bilan birgalikda pedagogik mahoratga
erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida o‘qituvchilar kasbiy
faoliyatida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo ko‘nikma
va malakalarga ega bo‘lmagan noshud o‘qituvchi ko‘p narsaga erisha
olmaydi. Qobiliyat ko‘nikma va malakalarni chuqur egallashda ro‘yobga
chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p
qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. Ko‘nikma va malakalar etarli bo‘l-
magan qobiliyatni birmuncha to‘ldirishi yoki qobiliyatning kamchiligini
tuzatishi mumkin.
Ko‘nikmalarni
umumlashtirib
Dostları ilə paylaş: