pedagogik-psixologik
takt
(odob, axloq) xususiyatlarini qo‘llashdir. Uning fikricha
psixologik takt (odob, axloq) hayotimizning barcha jabhalarida
g‘oyatda keng qo‘llaniladigan faoliyat turi, shuning uchun ushbu
taktlarga ega bo‘lmasdan,
odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq
qobiliyatining o‘zi ham bo‘lishi mumkin emas, deb ta’kidlaydi.
«Aqlli, fikran boy, bag‘ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni
qiziqtirmaydi, o‘zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql – aql
bilan tarbiyalanadi, vijdon – vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik –
bevosita vatan uchun xizmat qilish bilan...,
– deb ta’kidlagan edi
mashhur rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy. –
O‘qituvchi o‘zining butun
borlig‘i, kundalik hayoti, ma’naviy madaniyati bilan hamkasblari va
o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladi va ularni o‘z ortidan ergashtiradi».
O‘qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy –
nazariy asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq
qilingan. U kasbiy – pedagogik tayyorgarlik, o‘qituvchining shaxsi va
kasbiy shakllanish yo‘nalishi va bunda pedagogik mahorat to‘g‘risida
so‘z yuritib, shunday yozadi:
“O‘qituvchi muntazam ravishda pedagogik
nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki,
pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat
qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning
umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy
bilimlardir, amaliyot bo‘lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi.
Ikkinchidan, pedagogik faoliyat – falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid
bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz
46
pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul”
9
.
Demak,
o‘qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal egallash talab
etiladi, balki, pedagogik amaliyotni to‘g‘ri va maqsadli tashkil qilish
uchun chuqur ilmiy – nazariy ma’lumotlarga ham ega bo‘lish lozim.
Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o‘qituvchi fazilatining mukammalli-
gini o‘z mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishi
bilan bir vaqtda bolalarga bo‘lgan munosabatida, ularni xuddi o‘z far-
zandlaridek jon-dilidan sevishida ekanligida ko‘rgan. Uning ta’-
kidlashicha, “
agar o‘qituvchi faqat ishiga havas qo‘ygan bo‘lsa, u yax-
shi o‘qituvchi bo‘ladi. Agar o‘qituvchi bolaga faqat otasi va onasi
kabi havas qo‘ygan bo‘lsa, u oldingi o‘qituvchidan yaxshiroq
bo‘ladi. Bordiyu, ikkala hislatni ham o‘zida mujassamlashtirsa, u
holda u mukammal va mahoratli o‘qituvchi bo‘la oladi”.
Ma’lumki, pedagogik mahorat tizimida o‘qituvchining pedagogik
nazokati (odobi) muhim mavqega ega. O‘qituvchi nazokatsiz, kasb
odobisiz yuksak cho‘qqilar sari odimlay olmaydi. Masalaga shu nuqtai –
nazardan yondashilganda, muallifning so‘zlari, o‘qituvchi pedagogik
mahoratiga qo‘yilgan talablarga mos va hamohangdir.
Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida o‘qituvchining
kasbiy fazilati to‘g‘risida quyidagi fikrlarini bayon qilgan:
“Pedagog
darsda ma’lum bir o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi mumkin emas. Sinf
sahnasida rol o‘ynashni bilmaydigan o‘qituvchi kasbiy faoliyat olib
borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz,
xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi ham aslo mumkin emas.
Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg‘ularimiz
yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axir biz
insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil zahmatisiz ish
bitirish mumkin bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz faoliyat olib
borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga ba’zan muloqotda ko‘ngil azobini
namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi
aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak. Tasodifiy pedagogik
vaziyatlarda o‘qituvchi g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida,
tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan
boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor
bilan o‘tkazishni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda
pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir
9
Педагогика: Учеб. пособие для студентов пед. институтов / Под ред. Ю.К. Бабанского. – М: Просвещение, 1983, С. 600.
47
kamar bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib bog‘lovchi
rolingiz. Bu sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki
qalbingizdagi yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni namoyon
etuvchi haqiqiy jarayondir”
.
Pedagog olim o‘qituvchining hech bir kasbga o‘xshamaydigan
kasbiy faoliyatini yuksak baholab,
“Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni,
hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini
shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish
-
turishi, kiyinishi
bolalarni tarbiyalasin”
– deb yozgan edi.
Shunday qilib, yevropa mutafakkirlari o‘z ilmiy asarlarida o‘qituv-
chining bir qator muhim fazilatlari haqida fikr yuritganlar. Bu larning
qatoriga quyidagi fikrlarni alohida qayd etish lozim: o‘qituvchining har
tomonlama barkamol bo‘lishi, o‘zining yuksak hislatlari va his-
tuyg‘ulari bilan boshqa kasbdagi kishilardan ajralib turishi, bolalar
ruhiyatiga oson kira olish kobiliyati, darslarni o‘zlashtirishda orqada
qolganlar bilan individual ishlar olib borish, o‘quvchilar diqqatini
o‘ziga qaratish mahorati, mustaqil ishlash va o‘z mahoratini, malakasini
oshirish, pedagogik-psixologik odob (takt)ga ega bo‘lish, notiqlik
san’atini puxta bilish kabilardir. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Sharq
va G‘arb mutafakkirlari tomonidan tahlil qilingan o‘qituvchi kasbi
haqidagi ko‘pgina mulohazalar hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini saqlab
kelmoqda, demak millati va kelib chiqishidan qat’iy nazar ajdodlar
merosini takomillashtirish evaziga hozirgi kunda ta’lim va tarbiyani
yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |