2.4. Hozirgi davrda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini
takomillashtirish
“Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari
darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo
etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maq-
sadida: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash bo‘yicha
milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi deb hisoblansin”
deyiladi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyor-
lash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish”
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6
oktyabrda qabul qilgan Farmonida. Barcha sohalarda olib borilayotgan
islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega
bo‘lgan yuksak malakali kadrlarga bog‘liq. Kadrlarni tayyorlash esa
48
avvalo o‘qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli,
chuqur bilimga ega bo‘lgan, zamonaviy o‘qituvchi-kadrlar taraqqiyotimi-
zning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. O‘qituvchilarimiz
bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim
mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. O‘qituvchi xodimlar o‘zlarining
kasb-ko‘nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib
borishlari shart.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq
etish respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaf-
faqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi
hamda kasbiy mahoratlariga bog‘liqdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib,
juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb
etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi
mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham
belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyo-
fasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar
qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi:
«Tarbiyachi – ustoz bo‘lish
uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan
bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish
uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga
javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak»
1
.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o‘qituv-
chisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi.
Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk
kunlaridan boshlab ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va
psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O‘qi-
tuvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urf-odatlarimizdan,
qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning
pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida yanada
takomillashtirish uchun metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar paydo
bo‘ldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo‘yicha ilmiy izlanishlar,
ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
1
Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa
kontserni Bosh tahririyati, 1993, 27-28-bet.
49
XXI asrga kelib o‘qituvchining vazifasi yanada takomillashib
bormoqda. Endilikda global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi
o‘qituvchidan yuksak mahoratni, o‘tkir irodani, psixologik quvvatni,
chuqur bilim va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan
birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo‘nalishlari
bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak
axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi
shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va
mas’uliyatlar o‘qituvchilardan talab qilinadi:
1. O‘qituvchi, eng avvalo, mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi,
tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir.
2. O‘qituvchi tabiatan o‘quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his-
tuyg‘ularini har lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi,
ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak.
3. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar,
olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab
yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri,
asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
4. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommu-
nikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib
borishi talab etiladi.
5. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga
ega bo‘lishi, barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z
ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.
6. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta
bilishi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan
holda ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.
7. O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng
samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish
imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
8. O‘qituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va
yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
9. O‘qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi peda-
gogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz,
qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini
chuqur o‘zlashtirib borishi shart.
50
10. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi
quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi kerak: turli sheva so‘zlardan
holi bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o‘qituvchining nutqi sodda,
ravon va tushunarli bo‘lishi; hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar
hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muay-
yan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan
millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni
noo‘rin qo‘llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llani-
ladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda
rasmiy so‘zlardan foydalanish) kabi norasmiy so‘zlardan holi bo‘lishi.
11. O‘qituvchining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni
sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining
diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqin-
choqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi,
hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.
12. O‘qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashki-
lotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol
ishtirokchisidir.
13. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi
ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik
mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.
14. O‘qituvchi, eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik
vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud
ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
O‘qituvchilar unutmasliklari kerakki, o‘quvchi, ota-onalar hamda
hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo‘nda bayon
etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Ular bilan muno-
sabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan
boshlamasligi, aksincha, o‘quvchilarning (yoki hamkasbi, ota-onalar)
muvaffaqiyatlarini e’tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch
bildirishi bilan muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida
o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, sami-
miylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning
o‘quvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor
qozonishini ta’minlaydi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga nisbatan
qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni
amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liq. Zamonaviy
51
maktab o‘qituvchisi
qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi avvalo sinfdagi
tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O‘qituvchi tarbiyachi sifatida
quyidagi talablarni bilishi lozim:
-
shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘o-
nish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohi-
yatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida
tarbiyalashi, o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo‘lgan mu-
habbati;
-
kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan
xabardor bo‘lishi;
-
yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya,
yoshlar fiziologiyasi,
Dostları ilə paylaş: |