42
tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga
erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining
nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi
Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi.
Yunonistonda epos, lirika, drama,
haykaltaroshlik, musiqa va me’mor-
chilik san’ati bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at
asari sifatida tan olingan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimoiy-
siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh
avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir
etuvchi
murakkab vosita sifatida rivojlantirganlar.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya
berish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng tako mil-
lashgan davri bo‘lgan. Shu sababli “Notiqlik san’ati” ham qizg‘in
rivojlangan davr hisoblanadi. Bu davrda notiqlikning uchta qonuniyati
umumiy shior sifatida e’tirof etilgan:
o‘quvchilarga tushuntirish (ma’lum bir mavzuni);
o‘quvchilar ongini uyg‘otish (inson tafakkurini, ongini, maq-
sadini);
har bir tinglovchiga huzur-halovat va qoniqish uyg‘otish.
Yunonistonda notiq ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda o‘quv-
chilarga, ya’ni “tinglovchilarga halovat bag‘ishlash”
orqali ularni ezgu-
likka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchga sadoqatli bo‘lishga, yax-
shi amallarni bajarishga, axloq va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar
edi. Bu uning jamiyat oldidagi asosiy vazifasi hisoblanardi. Notiqlik
san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal
va chiroyli nutqlari bilan
jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Dinarx, Giperid, Gorgiy, Sokrat,
Isey, Esxil, Demosfen kabi namoyondalar mashhur davlat arboblari
bo‘lib etishganlar.
Yunon faylasuflari o‘qituvchilarning ta’lim
va tarbiya berishda
og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq
ilmi qoidalarini chuqur o‘zlashtirishlari lozimligini qat’iy talab qilganlar.
Shuning uchun pedagog o‘qituvchilar o‘z fikrlari va tuyg‘ularini
o‘quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira
olganlar va keskin ta’sir o‘tkazganlar. Har bir pedagog o‘zlarining
notiqlik san’ati ustida tinimsiz mashg‘ulotlar olib borganlar, sehrli ovoz
sohibi bo‘lish uchun nutq texnikasining
barcha qonuniyatlariga amal
qilganlar. Ular o‘z nutqlarini mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh
avlodni tarbiyalash quroli deb hisoblaganlar.
43
Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469─399) o‘quv-
chilar bilan savol-javob usuli orqali ta’lim-tarbiya berishning suhbat
metodiga asos solgan. Sokratning shogirdi Platon o‘z ustozi g‘oyalarini
davom ettirib, o‘quvchilar bilan savol-javob usulini notiqlik san’atining
bir shakli sifatidagi ahamiyati cheksiz ekanligini bayon etadi hamda uni
inson
tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi
noyob uslub sifatida baholaydi.
Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda notiqlik san’ati-
ning ahamiyatini yoritib berish hamda uning rivojlanishi faylasuf olim
Demosfen (eramizdan avvalgi 384─322) nomi bilan uzviy bog‘langan. U
yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq bo‘lishiga
qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning
istehzolariga bardosh berib,
qizg‘in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta
olgan. Barcha dunyoviy bilimlarni faqat notiqlik san’atining olijanob
qudrati asosida tinglovchilar tafakkuriga etkazish mumkin deb ta’kid-
lagan edi faylasuf. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining
yetuk namoyondasi, ya’ni elitasi sifatida mashhur bo‘ldi. U davlat tribu-
nasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.
Dostları ilə paylaş: