52
jarayoniga tortishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zi
bilan ham-
korlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
- hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim
bo‘lgan faoliyat o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning
yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to‘g‘ri kelishi lozim;
- o‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga peda-
gogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l yo‘riq ko‘r-
satishi shart;
- o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituv-
chi bir vaqtning o‘zida
ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini
bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaf-
faqiyatli o‘qitish
va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini
o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va
malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchisi fan va
texnika taraqqiyotining eng so‘nggi
yutuqlaridan foydalanishi, o‘z
kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay
olishi taqozo etiladi.
Dostları ilə paylaş: