O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   284
Taqlid qilish
shaxsning psixologik xususiyati bo‘lib, o‘zi sevgan 
biror inson harakatiga, namunasiga, ibratiga amal qilishidir. O‘quvchi 
o‘zi uchun ideal deb bilgan kishining xulq-atvor namunalariga ongsiz 


69 
ravishda taqlid qiladi. 
O‘quvchilar o‘zgalar xulq-atvoridan andoza olib, 
taqlid qilish yo‘li bilan ulardan o‘zining muhitida foydalanadi. Taqlid 
qilishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, o‘quvchilar o‘z xatti-
harakati va muomalasi jarayonida o‘zi ko‘rgan, kattalar bajargan harakat-
larni takrorlashga intiladi. Taqlid qilishning yana bir xususiyati o‘quvchi 
badiiy asarlarda o‘qigan, kinofilmlarda ko‘rgan sevimli idealidagi 
qahramon obraziga, xarakteriga, jasoratiga, imo-ishora, nutq, kiyinish 
uslublariga beixtiyor taqlid qiladi, o‘z faoliyatida takrorlaydi.
Beixtiyor taqlid qilish o‘quvchi shaxsi shakllanishining ilk bosqich-
larida muhim ahamiyatga ega. O‘quvchi taqlid qilish yo‘li bilan nutqni
buyumlarni, turli harakatlarni o‘rganadi, xulq-atvori shakllanadi, ruhiya-
tidagi ushbu jarayon asta-sekin va ko‘r-ko‘rona davom etadi.
O‘qituvchi kommunikativ qobiliyati bilan pedagogik faoliyat olib 
borish jarayonida o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatishning 
ko‘rib chiqilgan asosiy turlari – o‘quvchini ishontirish, o‘quvchi ongiga 
ta’sir etish, taqlid qilish – bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan psi-
xologik xususiyatlardir va ayni vaqtda, o‘ziga xos farqlarga ega. Ishon-
tirish va ongga ta’sirning o‘zaro bog‘liqligi shundan iboratki, biz ta’sir 
ko‘rsatish usulining unisidan ham, bunisidan ham foydalanganda ko‘-
pincha notiqlik san’atini namoyish etamiz. O‘qituvchining so‘z boyligi 
va notiqlik malakasi ishontirish va o‘quvchi ongiga ta’sir etishning 
muhim manbalaridir. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin