84
O‘qituvchi «Favqulotda vaziyatlarda nima qilish kerak?» degan
savolga yetarlicha muvaffaqiyatli javob bera olsa ham, «Qanday
qilib
amalga oshirish kerak?» degan muammoning javobida ikkilanib, o‘ylanib
qoladi. Bu savolga javob berish uchun – o‘quvchilar bilan muloqot
tizimini, mantiq va usullarini aniq belgilab olishi kerak.
A.S.Makarenko o‘z faoliyatida qo‘llagan pedagogik ta’sir ko‘rsatish
metodikasida foydalanilgan metodlar, aksariyat hollarda ta’lim-tarbiyada
mo‘ljalni aniq olib, o‘quvchilar bilan muloqotda vaziyatni to‘g‘ri tashkil
qilish bilan belgilanishini ko‘rish mumkin. Ayrim holatlarda o‘ziga xos
«yuzma-yuz hujum», ba’zan tarbiyalanuvchining o‘qituvchi bilan bevo-
sita muloqotisiz ham gap nimada ekanligini tushunish imkoniyatini
beradigan muloqot, yig‘ilishlarda rasmiy suhbat tizimi yoki sinf jamoasi
bilan turli tadbirlarni birgalikda o‘tkazish, har bir o‘quvchining nima-
larga qodir ekanligini anglab yetish imkoniyatini namoyon etadi.
O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanadigan pedagogik ta’sir
ko‘rsatish metodlari orasida aynan – jamoaviy va yakka tartibdagi suhbat
metodlari muhim ahamiyatga ega. Biroq
bu metodlardan foydalanish
samaradorligi va muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan vaziyatlar turlicha
bo‘lishi mumkin. Aynan ushbu metodlar ta’lim-tarbiya jarayonida ta’sir
o‘tkazish metodlarining samaradorligini ta’minlaydi.
Kishilarning kundalik hayot tarzidagi muloqotiga e’tibor beramiz.
Tasavvur qiling, notanish kishidan biror narsani so‘rashingiz kerak.
Tabiiyki, asosiy metod – iltimos qilish. Biroq, bevosita so‘raladigan nar-
sa haqida gapirishdan oldin, sizga muvaffaqiyatni ta’minlaydigan dast-
labki vaziyatni tashkil qilishga intilishingiz kerak. Bu holda siz ma’lum
kommunikativ metodlardan foydalanib xushmuomalalik bilan psixologik
muhitni tashkil qilasiz, muloqotingizdagi obyektni psixologik jihatdan
zabt
etishni amalga oshirasiz, keyin esa bevosita ta’sirni amalga
oshirasiz. Sinfda, o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot jarayonida foyda-
laniladigan har bir ta’sir usuli xuddi shu kabi kommunikativ ta’limotga
ega bo‘lishi kerak.
Pedagogik vazifalarni bajarishda foydalaniladigan kommunikativ
metodlarni belgilash doimo murakkab muammo sanalgan. Ayniqsa, yosh
o‘qituvchilar pedagogik faoliyatlarining
dastlabki yillarida bu
qiyinchiliklarni keskin his qilishadi.
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi – pedagogik
faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan
darajasidan, muloqotni boshqarish tamoyillaridan, vaziyat qatnash-
85
chilari bo‘lgan o‘quvchilarning individual yosh xususiyatlaridan,
ta’sirning rejalashtirilayotgan metodlaridan kelib chiqadi.
Pedagogik
vazifaning kommunikativ vazifaga mutanosibligi, kommunikativ vazifani
tanlangan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir metodikasi bilan nisbatlash va ularning
birligini tashkil etish muloqot jarayoni va umuman pedagogik o‘zaro
hamkorlikning samaradorligini ta’minlaydi.
Bu o‘rinda quyidagi bog‘liqlik ko‘zga tashlanadi: birinchidan, sinf
jamoasi bilan ishlash metodikasi muloqot tizimi bilan vositalanadi, ikkin-
chidan esa, muloqot va joriy kommunikativ vazifalarni hal qilish yo‘llari
tanlangan pedagogik ta’sir metodikasi strategiyasi bilan belgilanadi.
Kasbiy-pedagogik muloqot asoslarini bo‘lajak o‘qituvchi oliy pedagogik
ta’lim muassasalarida, qizg‘in pedagogik faoliyati davomida hamda o‘z-
o‘zini tarbiyalash jarayonida egallashi mumkin. Bunda o‘qituvchi
quyidagi muhim kommunikativ vazifalarni
mukammal bilib bajarishi
lozim:
9-chizma
.
Ushbu yo‘nalishlar o‘qituvchining kasbiy muloqot ko‘nikmalarini
egallash jarayonini to‘la ta’minlay oladi, deb o‘ylash xato bo‘ladi. Umu-
miy ijodiy pozitsiyalarni o‘zining kasbiy-pedagogik, muloqot faoliyati
tajribasi bilan doimiy ravishda o‘zaro nisbatlash, o‘zi uchun uning tizimi,
Dostları ilə paylaş: