89
4.
Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishi:
Keyingi pedagogik faoliyat
uchun olib boriladigan muloqot tizimini modellashtirish va muloqotning
amalga oshirilgan tizimini doimiy tahlil qilib borish.
Muloqotning birinchi, modellashtirish yo‘nalishida
, o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan dars jarayonida uchrashishga tayyorlanib,
nafaqat
oldindagi faoliyat mazmunini, balki muloqotning mumkin bo‘lgan usul-
lari va ta’sirchan ohanglarini o‘ylab olish lozim. Pedagogik muloqotning
ushbu bosqichi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini tasavvur qilib,
kommunikativ vazifalarning bajarilish holatini oldindan puxta o‘ylash
kerak. U har qanday darsning kommunikativ tizimini mukammal, o‘ziga
xos ravishda rejalashtirishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu prognostik yo‘nalishda pedagogik vazifalarni kommunikativ
vazifalar sohasiga o‘tkazish bo‘yicha murakkab
jarayon amalga oshi-
riladi. Ularning bir-biriga muvofiq kelishiga erishiladi. Ayni paytda
o‘quvchilar idrok etish orqali o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan yan-
gi dars materiallarini va o‘qituvchining xatti-harakatini kuzatib baho-
laydilar.
O‘qituvchi o‘zi uchun bo‘lajak darsning
noyob xususiyatlarini va
kommunikativ rejasini tuzishi mumkin. Unda darsning har bir pedagogik
vazifasiga, kommunikativ vazifaning ma’lum bir usullari mos kelib, uni
hal qilishning o‘ziga xos yo‘nalishlari namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirishning muhim
sharti o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro emotsional birligi bo‘lib, u
o‘qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy atmosferasini oldindan ko‘ra
bilish imkoniyatini beradi:
–
bo‘lajak darsda o‘quvchilar jamoasi bilan ro‘y berishi mumkin
bo‘lgan turli vaziyatlarni oldindan ko‘ra olish;
–
o‘quvchilar bilan o‘zaro demokratik
va erkin munosabatning har
xil darajalarini tashkillashtirish, uni rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
– darsda o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan
qiziqishini va ijodiy
kayfiyatini vujudga keltirish.
Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, dars
jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish juda
muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama
belgilab beradi, o‘qituvchini ijodiy faoliyatga yo‘naltiradi, unda
o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan
turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars
oldidan tezda bajarilishi
90
mumkin, ba’zan esa doimiy xarakter kasb etadi. U o‘qituvchiga o‘zining
dars jarayonidagi kommunikativ munosabatini va emotsional xulqini,
his- tuyg‘ularini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: