111
bobolarimizning ma’naviyati naqadar yuksak bo‘lganligi va bu avlod-
larga o‘rnak bo‘lishi ta’kidlanadi. Onore de Balzak
“Xushmuomalalik va
kamtarlik kishining chinakam ma’rifatli ekanligidan dalolat beradi”
deydi. Ingliz donishmandi Jon Libbok
“Odamlar boodoblilik yordamida
hattoki kuch bilan erishish mumkin bo‘lmagan g‘alabalarga erishishi
mumkin”
ligini aytadi. Demak, muosharat odobi nafaqat milliy an’ana-
larimiz va urf-odatlarimizning ko‘zgusi bo‘lgan, balki turkiy xalqlarning
noyob insoniy fazilati sifatida e’tirof etilgan.
Insonning eng ulug‘, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan
biri odamlar orasida, ya’ni jamiyatda o‘z o‘rnini topib yashashidir. By
faoliyatning
murakkabligi shundaki, ko‘pchilikka qo‘shilish, ular bilan
ahil bo‘lib yashash uchun insonda shunga yarasha muomala va
munosabat bo‘lishi kerak. Muomala va munosabatda o‘quvchilarning
diliga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol va dilozor muloqot olib boruvchi o‘qi-
tuvchilarni hech kim yoqtirmaydi. O‘quvchilar xushfe’l, shirinsuxan,
adolatparvar, muomalasi shirin o‘qituvchi va tarbiyachilarni dildan yoq-
tirishadilar va hurmat-e’tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib o‘rinini
topish, inoq va hamjihat bo‘lib yashash shartlaridan biri odamning
kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o‘zining yutug‘i bilan,
badavlatligi bilan,
ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap,
sodda bo‘ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo‘lmog‘i zapyp.
Shirin so‘z muloqotga kirishishning asosiy qurolidir. U inson qalbini
ilitadi, qo‘pol co‘z inson qalbini jarohatlaydi. O‘qituvchining
“aql-
zakovati, fikri, his-tuyg‘ulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri
ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z
aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi”
(Aziz Yunusov).
Chunki so‘zning
qudrati katta. O‘qituvchi o‘z so‘ziga, tiliga nihoyatda ehtiyotkor bo‘l-
mog‘i lozim. Eng avvalo, o‘quvchilarga muomala madaniyatini, kattalar
oldida o‘zini
tuta bilishi, gapini bo‘lmasligi, yoshi ulug‘larga gap
qaytarmaslikni o‘rgatish zarur.
Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda,
uyda biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. O‘qi-
tuvchining qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi o‘quvchilarning bir-
birlari bilan va ota-onalari bilan olib boradigan muloqoti orqali namoyon
bo‘ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini,
maqsadini, muomala va muno-
sabatlarini bir-birlariga so‘z yordamida etkazadilar, amalga oshiradilar.
Shu tufayli so‘zlashuv munosabatlari nihoyatda go‘zal va muloyim
112
bo‘lishini hayot taqozo etadi. So‘zga boy, shirinsuxan kishilarning muo-
malalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo‘ladi. Bunday kishilarni
yoqtiradilar, hurmat qiladilar. So‘zlashuv ham o‘ziga xos san’atdir. Bu
san’atning ildizi muosharat odobi bo‘lib, uni mukammal o‘rganish har bir
inson uchun zarur.
Shy bilan birga, ona tilini mukammal o‘rganmoq va
sof adabiy tilda o‘quvchilar bilan muloqot qilish o‘qituvchining notiqlik
qobiliyatidir.
Dostları ilə paylaş: