134
Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi o‘qituvchidan o‘sib
kelayotgan yosh avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar
jarayonida har tomonlama chuqur bilimga ega, barkamol inson qilib tar-
biyalash vazifasini qo‘ymoqda. Psixologik,
intellektual va fiziologik
jihatdan sog‘lom muhitda mukammal tarbiyalangan inson hayotiy qara-
ma-qarshiliklar, xususan turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish,
nosog‘lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir
etishdan o‘zini saqlab qola oladi.
Shuningdek, shaxsning aqliy salohi-
yatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy
omildir.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo
etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning
mustaqil va erkin fikrlay
olishi ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabatini bildirish-
ga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan
shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko‘rsatuvchi
muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo‘lgan
shaxs
o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Ta’lim sohasida
olib borilayotgan islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikr-
ga ega bo‘lgan barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalab
voyaga etkazishdan iborat.
Ushbu yuksak javobgarlikni talab qiluvchi vazifalar o‘qituvchilar
zimmasiga yanada ulkan mas’uliyatlarni yuklaydi. Bu xususda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e’tirof
etadi:
«Umumlashtirgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi
va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillaridan biri… ta’lim tizimini
tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o‘qituvchilarni va
murabbiylarni qayta tayyorlash… o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat,
yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda
bo‘lish ruhida tarbiyalash»
1
lozim.
Pedagogik mahorat bo‘lajak o‘qituvchilarda yosh avlod ta’lim-tarbi-
yasi uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi. O‘qituvchi bunday mu-
rakkab
vazifalarni amalga oshiruvchi, davlat va jamiyatning ishonchli
vakilidir. O‘quvchilar jamoasini birlashtiruvchi sinfda ta’lim–tarbiyaviy
jarayonni tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchining bilimi, pedagogik
mahorati va psixologik xususiyatlari ochiq namoyon bo‘ladi. Avvalo,
o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik va bir–birlariga
nisbatan ishonch tuyg‘ulari bo‘lishi hamda o‘qituvchi o‘z kasbiy bilim-
1
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000. – 23-bet.
135
laridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta egallagan bo‘lishi
lozim.
Zero, sinf jamoasini boshqarish – pedagogik jamoa, ota-onalar oldi-
da o‘qituvchining obro‘–e’tibori qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi
mezon. O‘qituvchining axloqiy saviyasini, bilimini
muloqot asosida sinf
jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari belgilaydi. Odatda, o‘qi-
tuvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab: tashabbuskor,
ijodkor, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan,
barcha ishlarga befarq
qarovchilar toifasiga ajratishadi. Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p
yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan
holda o‘qituvchilarning rahbar sifatida sinf
jamoasini boshqarishida
qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi:
1.
Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
2. Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
3. Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
Dostları ilə paylaş: