O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   284
Avtoritar uslub
da faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ish faoliyati va 
xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi: 
-
 
o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi
-
 
o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi; 
-
 
ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi
-
 
o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi; 
-
 
qattiq intizom asosida ish olib boradi; 
-
 
topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi; 
-
 
gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi; 
-
 
aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol; 
-
 
o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq tushuntirmasdan talab qiladi. 
Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi 
“Mening aytganim aytgan, deganim degan” shaklidagi prins ip asosida 
pedagogik faoliyat olib boradi. U sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishda 
quyidagi uslublarni qo‘llaydi: buyruq, ko‘rsatma berish, qattiqqo‘llik bilan 
ishlash, tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez qo‘llash. O‘qituvchi o‘quvchilar 
bilan muloqot jarayoniga qo‘pol, dag‘al, do‘q-po‘pisa, majbur etish
qo‘rqitish, cho‘chitish orqali kirishadi. Ushbu uslub o‘qituvchi asab tizimini 
doimiy taranglashib yurishiga sabab bo‘lib, uning sog‘ligiga putur etkazishi 
mumkin. Natijada o‘qituvchi tez charchaydi. Avtoritar usulning ijobiy 
tomonlari ham bor: ya’ni, ular faqat favqulodda vaziyatlar jarayonida 
ishlatilishi (yong‘inda, suv toshqinida, aholini evakuatsiya qilishda) 


136 
mumkin. O‘qituvchi muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi sinf 
jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin