O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   284
Demokratik uslub 
asosida faoliyat olib boradigan o‘qituvchining 
bosh shiori o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini 
va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. O‘qituvchining muloqoti barcha 
demokratik talablar asosida quriladi. Zero, «Demokratik jamiyatda 
bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi»
1
.
 
Ushbu uslubni mukammal egallagan o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati 
va xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi: 
-
 
pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib 
ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi; 
-
 
sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o‘quv-
chilarning erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi; 
-
 
muloqot jarayonida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, 
pedagogik faoliyatida qo‘llaydi; 
-
 
muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish
samimiy muomala. 
Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o‘qituvchi hozirgi 
zamon talablariga, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan 
kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi. O‘qituvchining vazifasi 
barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan 
holda, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan 
tengdoshlariga namuna bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli, aql-zakovatli, 
yuksak ma’naviyatli o‘quvchilarni tarbiyalash uchun qizg‘in pedagogik 
faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida o‘quvchilarning jamoa 
bo‘lib birlashishlari, ularda o‘zaro yordam tuyg‘usini o‘stirishga xizmat 
qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi 
a’zolarining qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqaradi, o‘quvchining 
jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo 
qiladi. O‘quvchilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil 
etilishi sinfning ahil jamoa bo‘lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni amalga 
oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi 
uyushgan jamoada har bir o‘quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga 
ega.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin