O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   284
5. Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi.
Bunday 
muloqot uslubiga odatda yosh, tajribasiz o‘qituvchilar tushib qolishi 
mumkin. Ushbu uslub asosida boshlangan muloqot, ko‘pincha, o‘quv-
chilarni tez-tez ogohlantirish, ularni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalashga 
harakat qilish, o‘qituvchi yoqtirmagan o‘quvchilar xatti-harakatini ta’qiq-
lash vaziyatida olib boriladi. O‘quvchilar faolligi, tashabbuskorligi inkor 
etiladi. Natijada o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida ko‘z ilg‘amas 
qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi.
Muloqot jarayonidagi ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z 
tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar bilan o‘qituv-
chining o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari va ularni bajarish imkoni-
yatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishidan paydo bo‘ladi. Ba’zan 
o‘quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq kelmasligidan, yoki 
o‘qituvchining o‘quvchilar yosh xususiyatlarini, fe’l-atvori, xarakteri
qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligini bil-
masliklari oqibatida ziddiyatlar kelib chiqadi. Muloqot jarayonidagi ush-
bu ziddiyatlarni bartaraf etishda asosan o‘qituvchining o‘zi qizg‘in fao-
liyat olib borishi, ustoz o‘qituvchilar tajribalaridan foydalanishi, lozim 
bo‘lganda, tortinmasdan ulardan yordam so‘rashi maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadri-
yatlarni, axloqiy normalarni o‘zlashtiradilar. 
O‘quvchi eng yaxshi insoniy 
fazilatlarni, axloq
-
odobni, muloqot madaniyatini asosan o‘qituvchi 
timsolida anglab olishini unutmaslik kerak.
O‘quvchilar jamoasida 
o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlar insonparvarlik tamoyillariga 
asoslanadi. Ular odatda ikki xil bo‘lib biri rasmiy, ikkinchisi norasmiy 
muomala deyiladi.
Rasmiy muomala munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining 
Qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi.
Norasmiy muomala pedagogik etika va estetikaning qonuniyatlariga 
va o‘qituvchi odobiga asoslanadi va jamoaning har bir a’zosi tomonidan 
ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muloqot odobi psixologik qonuniyatlar, 
odob normalari va qoidalari, talablari hamda o‘qituvchilar jamoasining 
fikri asosida boshqariladi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin