Toshkent – 019 ritorika muallif



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/87
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149336
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
Ritorika

"sofist" 
degan so‘z biror bir kasbning moxir ustasi, Ya’ni shoirlar, 
musiqachilar, qonunshunoslar, donishmandlarga taalluqli edi. Sofistlar yana notiqlik 
san’atini ham tashviqot qilib kelganlar. 
Keyinchalik sofistlar deb o‘z so‘zlari bilan 
haqiqatni izlovchi kishilarni emas, balki yolg‘onni haqiqatga, mulohazani 
isbotlangan haqiqatga yo‘yuvchi sayoz kishilarni ayta boshlashdi.
Qadimgi Gretsiya, ya’ni Afinada hurmat va e’tiborga erishish uchun siyosiy, 
iqtisodiy va madaniy manbalarga tayangan xolda omma ichida chiroyli so‘zlash 
madaniyatiga ega bo‘lish shart bo‘lib qoldi. Buning uchun esa Ritorika va chiroyli 
so‘zlash xususida maktablar paydo bo‘lishini davr talab qilib qoldi.
Eng taniqli maktablardan biri - bu sofistlar maktabi bo‘ldi. Eng taniqli 
ofistlardan biri bu 
Protogordir
. (eramizdan avvalgi 481-411yy) Protogor quyidagi 
falsafiy ta’limotlarni ilgari surdi: “
Inson 
hamma 
narsaning 
mezonidir: 
mavjudodlarning mavjudligi, mavjud bo‘lmaganlarning nomavjudligidir.”
1
 
Shunga 
1
Бертран Рассел, История западной философи и её связи с политическими и социальными условиями от Античности до наших дней, М., «Академический Проект», 2006 г., с.109 


20 
asoslangan xolda u mutafakkir davrigacha bo‘lgan ritorik maktablarning munozara 
– xaqiqatni izlashning hamda axloqiy tamoyillarni yoqlashning asosiy vositasidir, 
degan ta’limotini rad etdi. Protogor baxsda o‘z oldiga faqat yagona maqsadni ko‘yish 
– auditori yani notiqning xaq ekanligiga ishontirish; va shu maqsadni amalga 
oshirishda xar qanday yo‘ldan foydalanish lozim, deb hisoblar edi. Uni g‘oyasizlik 
va axloqsizlikda ayiblashganda qadimgi grek mutafakkirlari bu ayblovni quyidagicha 
deb bilishadi. 
1.
Xar qanday bilish nisbiy va vaqtinchalik ekanligi; 
2.
Inson ishonchining komilligi aniq xolatlarga bog‘liqligini; 
Insonlarning hissiy va jismoniy xolatlari 
“turli davrda turlicha qabul qilishdandir” 
degan izoxlari bilan yo‘qqa chiqaradi. Sofistlarning dastlabki maktablari Sitsiliya oroli 
shaharlarida yuzaga keldi. 
Protogor 
sofistlar maktabining asoschilaridan biri edi. 

doimo kuchsiz dalilni kuchli dalilga aylantirishni Yani biror bir narsani tasdiqlash 
Yoki rad etish maqsadida xoxlagan narsani olib isbotlashdsh iborat deb o‘rgatardi. 
Shu o‘rinda Protogorning fikriga quloq tutsak: 
“Hamma narsaning o‘lchovi 
insondir.” Men narsalarni qanday tasavvur qilsam u shunday, u qanday tasavvur 
qilsa narsalar u tasavvur qilganday. Bitta shamol ikki marta esmaydi lekin shu 
shamolda kimdir sovuq qotsa kimdir sovuq qotmaydi. Kimdir ko‘proq sovuq qotsa, 
kimdir unchalik darajada sovuq qotmaydi. Shu o‘rinda tabiiy bir savol tug‘iladi: 
shamol o‘z holicha sovuqmi? yoki nimagadir nisbatan olganda sovuqmi? Bu savolga 
javob berish bilan yuqoridagi fikrlarni inkor qilish mumkin. Agar biz shamol o‘z 
holicha sovuq deydigan bo‘lsak unda u hammaning tasavvuriga bog‘liq bo‘lmagan 
bo‘ladi. Agar biz nisbatan sovuq deydigan bo‘lsak ham xato bo‘ladi. Chunki shu 
shamol kimgadir issiq tuyulishi mumkin
1

Umuman Protogor o‘z davrining yirik 
notiqlardan biri bo‘lib, u notiqlik san’atiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning sofizmlari 
xozir ham mantiqda o‘z ahamiyatiga ega. 
Tantanali notiqlikning eng yorqin vakillaridan biri Gorgiyning Shogirdi 
Isokrat
(eramizdan avvalgi. 436-338 y.y) bo‘lib, Afinada ritorika maktabiga asos solgan. 
1
Бертран Рассел, История западной философи и её связи с политическими и социальными условиями от Античности до наших дней, М., «Академический Проект», 2006 г., с.109 


21 
Aytish lozimki, bu maktabda ritorika faqat notiqlik san’atiga o‘rgatuvchi fan 
bo‘libgina qolmay, balki haqiqatni anglash va tarqatish vositasi vazifasini o‘tagan. 
Isokrat o‘zi nutq so‘zlamagan, balki notiqlikdan saboq bergan va Yunoniston 
bo‘ylab tarqatilgan nutqlarni yozgan. 
Isokrat uslubi o‘z hashamdorligi bilan ajralib turadi. U nutqning ohangiga
chiroyli Shakliga alohida e’tibor qaratadi. 
Isokrat maktabining tajribasi IV asrdagi ommaviy notiqlikka katta ta’sir 
o‘tkazdi. Bu davrda notiqlar ijtimoiy hayotda yetakchi o‘rinni egalladi. Notiq xalq 
yig‘inlarida nutq so‘zlar, o‘z qaror loyihalarini muhokamaga qo‘yar va shu tariqa 
davlat (polis)ning siyosiy yo‘lini belgilab berardi. Davlatni boshqarish ana shunday 
siyosiy arboblar – “demagoglar” (xalq sardorlari) qo‘liga o‘tdi. 
Notiqlik san’atini yana ham yuksak bosqichga ko‘targan Buyuk zotlardan biri 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin