www.ziyouz.com kutubxonasi
16
192.
Sizlarga ibodatning yengilrog’i va bajarilishi ham osonrog’idan xabar bersam, u xomushlik va
xushxulqlikdir.
193.
Qiyomat kuni kimga do’zax o’ti harom bo’lishini aytaymi?! U yuvosh, muloyim, yaxshi
muomalali, bir gapga oson kelishadigan odamdir.
194.
Ro’za, namoz va sadaqa qilishdan ham afzal amaldan xabar beraymi?! U ikki kishini yarashtirib
qo’yishdir. Birovlarning o’rtalarini buzish dinning qironidir
35
.
195.
Oralaringizda eng kuchlilaring kimligini aytaymi?! U g’azabi kelganda o’zini tutib tura
oladiganingizdir.
196.
Qilib qo’yib, so’ng uzr so’raladigan ishdan saqlan.
197.
Quloqqa yomon eshitiladigan gapdan saqlan.
198.
Ko’chada o’tirishdan saqlaninglar! Agar ko’chada o’tirsangiz, ko’chaning haqqini ado etinglar!
Ya’ni ko’zlaringizni har kimga qaratmasdan, birovlarga aziyat bermasdan, salomga alik olib, amri
ma’ruf (yaxshi ishlarga buyurish) va nahyi munkar (yomon ishlardan qaytarish) qilib o’tiringlar!
199.
Gumondan saqlaninglar! Zero, u yolg’on gapdan iboratdir. Bir-birlaringizni tekshirib josuslik
qilmanglar. Mol-dunyo uchun musobaqa qilmanglar. O’rtalaringda hasad, adovat va arazlash
bo’lmasin. Tangrining o’zaro birodar bandalari bo’linglar. Birov qo’ygan sovchi ustiga, to ular o’zaro
bitishguncha yoki tark qilishguncha, sovchi yubormanglar.
200.
Savdo-sotiqda ko’p qasam ichishdan saqlaninglar. Zero, u oldin ko’paytirib, so’ng barbod qiladi.
201.
Dinda haddan tashqari g’uluv ketmanglar
36
. Chunki sizlardan ilgari o’tgan qavmlar dinda
haddan tashqari g’uluvlari sababli halok bo’lganlar.
202.
Bu ikki badbo’y o’simlikni (sarimsoq va xom piyoz) yeb masjidga kirishdan saqlaninglar.
Mabodo yesanglar yaxshi pishirib, so’ng yenglar!
203.
Odamlar orasida chaqimchilik va bo’hton gaplarni tarqatishdan saqlaninglar.
204.
Har qanday hayvon terisi ham oshlansa, toza va pok bo’ladi
37
.
205.
Qaysi bir odam halol kasb bilan molu dunyo topib, undan o’zining va Tangrining boshqa
bandalarining oziq-ovqati va kiyim-kechagi uchun sarf qilsa, shularning hammasi unga sadaqa
hukmida yoziladi.
206.
E odamlar, Tangridan qo’rqinglar, rizqlaringizni yaxshi yo’l bilan topib yeyishga harakat
qilinglar. Hech bir inson o’z rizqu nasibasini yeb tugatmaguncha olamdan o’tmaydi. Ertami, kechmi,
bari bir unga o’z ulushi keladi. Shuning uchun tirikchilikni yaxshi yo’lga qo’yib, halolini olinglar,
haromini qo’yinglar.
207.
Sudxo’rlikda foyda oluvchi bilan uni beruvchining gunohlari barobardir.
35
Ya’ni din qirg’indir.
36
Ya’ni chuqur ketmanglar.
37
Odam va to’ng’iz terisi bundan mustasno.