www.ziyouz.com kutubxonasi
17
208.
Qaysi bir qavm boshlig’i o’z qo’l ostidagi odamlarga xiyonat qilib, ularni aldasa, u qiyomat kuni
do’zaxga mahkum bo’ladi.
209.
Qaysi bir ayolning uchta farzandi yoshligida olamdan o’tsa, ular qiyomat kuni unga do’zaxni
to’sib turuvchi parda bo’ladi.
210.
Surma ko’zni ravshan qilib, kipriklarni o’stiradi.
211.
Maqbara va hammomdan boshqa yer yuzining hammasi namoz uchun yaroqlidir.
212.
Oila nafaqasidagi tejamkorlik tirikchilikning yarmiga teng. Odamlar bilan do’stlashish aqlning
yarmiga teng. Savol so’rash odoblarini bilish ilmning yarmiga barobar.
213.
Izn uch martagacha so’raladi. Agar izn berilsa, kiring, yo’qsa qaytavering!
214.
Islom, ya’ni musulmonchilik oshkora narsadir, imon esa dildadir.
215.
Omonatni saqlab, vaqtida qaytarish kishining rizqini ziyoda qiladi. Omonatga xiyonat qilish esa
qashshoqlik keltiradi.
216.
Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug’ ne’matdirki, bundan ko’p odamlar mahrumdirlar.
217.
Sabr va bardosh Tangridan, shoshqaloqlik esa shaytondandir.
218.
Imon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas.
219.
Barmoq bilan ko’rsatiladigan darajada shuhratga ega bo’lish – yomondir. Ammo Tangri uni
takabburlikdan saqlasa, zarari yo’qdir.
220.
Zakotini ado etuvchi, mehmondo’st va musibatli kishiga hamdard bo’lgan odam baxillik va
qizg’anchilikdan xalosdir.
221.
Taomning barakasi – undan oldin va keyin qo’l yuvishdadir.
222.
To’yda miskinlar qolib, faqat boy’largina yeb ketadigan taom yomon taomdir.
223.
Uyiga mehmon qo’nmaydiganlar yomon odamlardir.
224.
Oddiy kiyim kiyish ham imondandir.
225.
Barcha yaxshilik – xushxulqlikdadir. Barcha gunoh va yomonlik – dildagi g’ashlik va uyatli
ishdadir.
226.
Yaxshilik – nafsingiz taskin topib, dilingiz orom oladigan ishdir. Yomonlik yoki gunoh esa uning
aksidir, garchi muftiylar fatvo bersalar ham, o’z qalbingizga qarab ish tuting.
227.
Yaxshilik – eskirmaydi, gunoh – unutilmaydi, jazolovchi (Tangri) esa o’lmaydi. Xohlagan ishni
qil, diyonating qanday bo’lsa, jazoing ham shunday bo’ladi.
228.
Barcha balo - tildandir.