www.ziyouz.com kutubxonasi
18
229.
O’zaro savdolashuvchilar to ajralishguncha ixtiyorlidirlar (savdoni buzish huquqiga egadirlar).
Har ikkisi to’g’ri so’zlab, mol aybini oshkora aytib savdo qilsalar, savdolari barakali bo’lur. Agar yolg’on
gapirib mol aybini yashirsalar, savdoning barakasi yo’qolur.
230.
Rostgo’ylikda xavfu xatar ko’rsanglar ham rost so’zlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi
foyda ko’rib turgan bo’lsangiz ham yolg’ondan saqlaninglar. Chunki bari bir yolg’onning oxiri voy.
231.
Farovonlik vaqtlaringda Tangrini tanib, unga iltijo qilib yur, toki qiyinchilik vaqtingda u ham
seni tanisin.
232.
Muqim turadigan joyingdagi yomon qo’shnidan, Tangridan panoh tilagin. Sahrodagi qo’shni
esa tez ko’chib ketuvchidir.
233.
Nikoh ila turmush qurib, ko’payinglar. Zero, men qiyomat kuni boshqa ummatlar oldida
sizlarning ko’pligingiz bilan faxrlanaman.
234.
Bir-birlaringizga xayr-ehsonli, mehr-oqibatli bo’lib, qo’l berib so’rashib yuringlar, shunda
dillaringizdagi g’illu g’ashlik ketadi.
235.
Bir-birlaringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g’ashliklarni
yo’qotadi.
236.
Gunohidan tavba qiluvchi kishi gunohsiz odam bilan barobardir.
237.
Vazminlik, tejamkorlik, bama’ni xomushlik payg’ambarlik (sifati)ning yigirma to’rtdan bir
bo’lagidir.
238.
Rostgo’y, ishonchli savdogarlar payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo’lurlar.
239.
Qo’rqoq savdogar boylikdan mahrum, qo’rqmas savdogar omadlidir.
240.
Tadbirkorlik – turmushning yarmiga, do’stlashish – aqlning yarmiga, g’am-tashvish –
keksalikning yarmiga teng, ahlu ayolning ozligi esa boylikning ikkidan biriga teng.
241.
Uch xil sifat bordirki, kimda-kim ularga ega bo’lsa, Tangri qiyomat kuni uni himoya qilib, o’z
jannatiga kirgizur:
1.
Zaiflar bilan xushmuomala bo’lish.
2.
Ota-onasiga shafqatli bo’lish.
3.
Qo’l ostidagilarga himmatli bo’lish.
242.
Uch xil sifat bordirki, ular kimda bo’lsa, Tangri uni yengil hisob qilib, o’z rahmati ila jannatga
kirgizadi:
1.
Seni mahrum qilganlarga ehson qilishing.
2.
Senga zulm qilganlarni afv qilishing.
3.
Qarindoshlar bilan silai rahmda bo’lishing.
243.
Uch xil sifat bordirki, kim ularni Tangriga ishonchli holda va savob umidida qilsa, Tangri unga
yordam berishi va baraka ato etishi haqdir:
1.
Qulni ozodlikka chiqarishga harakat qilsa.
2.
O’sha umidda oila qursa.
3.
Qo’riq yerni o’zlashtirsa.