O'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning umumiy masalalari.
Qiyoslash usullari va vositalari
Qiyoslash usullari va vositalarining me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash va
ro’yxatga olish tegishli toifadagi hujjatlarni tasdiqlash va ro’yxatga olish qoidalariga
muvofiq O’zstandart agentligi tomonidai amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida o’lchash vositalarining qiyoslash usullari
va vositalari bo’yicha amal qilayotgan standartlar, rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar
to’g’risidagi axborot O’zstandart agentligi tomonidan nashr etiladi.
Me’yoriy hujjatlarning amal qilish muddati o’lchash vositalarning guruhini
o’ziga xos xususiyatiga va qiyoslash sxemasining me’yoriy hujjatini amal qilish
muddatiga bog’liq ravishda belgilanadi va 5 yildan ko’p bo’lmasligi lozim.
Ishlab chiquvchi me’yoriy hujjatni amal qilish muddati tugagandan keyin uni
me’yoriy hujjatlarning zamonaviy holatiga, xalqaro hujjatlarga va metrologik
ta’minot vositalarining holatiga muvofiqligini tekshiradi.
Ishlab chiquvchining taklifiga binoan o’zgartishsiz me’yoriy hujjatlarni amal
qilish muddati uzaytirilishi mumkin.
Zarur bo’lganda ishlab chiquvchi o’zgartishlarni yoki hujjatni yangi tahririni
tasdiqlashga taqdim etadi.
Me’yoriy hujjat zamonaviy talablarga muvofiq bo’lmaganida uni amal qilish
muddati tugamasdan qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
O’lchash vositalarn uchun me’yoriy hujjatlarning o’zgartishi, amal qilish
muddatini uzaytirilishi yoki yangi tahriri MXBM bilan kelishib olingan bo’lishi
lozim.
Me’yoriy hujjatga o’zgartishlarni kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish
tartibi O’zstandart agentligi tomonidan tegishli toifadagi me’yoriy hujjatlarga
belgilangan qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi o’lchash vositalarini kalibrlash tizimi (keyinchalik
- O’z KT) ni tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bo’yicha asosiy nizomlar, bu
tizimga kirgan sub’ektlarning huquqlari va majburiyatlari O’z RST 8.018-97 da
belgilangan. Bu standartning qoidalari O’z KT da akkreditlangan yuridik
shaxslarning metrologik xizmatlariga, O’z KT ga kirgan akkreditlash va boshqa
idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi.
O’V ni kalibrlash - O’lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari
(xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda
bajariladigan amallar majmui.
Kalibrlash tizimi - Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo’llanilmaydigan
sohada o’lchashlar birliligini ta’minlashga yo’naltirilgan faoliyat va kalibrlash
ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o’tkazishga
o’rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub’ektlar majmui.
Kalibrlash to’g’risidagi sertifikat - O’lchash vositalarining kalibrlanganligini
va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot
tomonidan beriladi.
Kalibrlash belgisi - Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash
maqsadida o’lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga
bosiladigan tamg’a.
O’z KT O’zbekiston Respublikasida o’lchashlar birliligini ta’minlash
umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bo’lib, davlat metrologik tekshiruvi va
nazoratidan tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o’tkazishda
o’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimida o’rnatilgan me’yorlar va qoidalarga
rioya qilinishini ko’zda tutadi.
O’z KT quyidagi tamoyillarga asoslangan holda tuziladi:
tizimga ixtiyoriy ravishda kirish;
kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni majburiy bajarish;
davlat etalonlaridan va boshlang’ich o’lchash vositalaridan birliklarning
o’lchamlarini kalibrlanuvchi o’lchash vositalariga majburiy berish.
Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari:
akkreditlovchi idoralarni ro’yxatga olish;
metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash;
o’lchash vositalarini kalibrlash;
O’z KT ning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o’rnatish;
O’z KT ning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilan ta’minlash;
akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini bajarishda
talablarga rioya qilinayotganligini inspektsion tekshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 24 apreldagi 348-sonli qaroriga asosan
“O‘zstandart” agentligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
"Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida", "Standartlashtirish to‘g‘risida",
"Metrologiya to‘g‘risida", "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish
to‘g‘risida",
"Muvofiqlikni
baholash
to‘g‘risida"gi
O‘zbekiston
Respublikasining qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish,
standartlashtirish,
metrologiya,
sertifikatlashtirish
va
akkreditatsiya
sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amaliy jihatdan amalga
oshirilishini ta’minlash;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan
o‘tkazish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi
bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va
raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga
oshirish;
standartlashtirish,
o‘lchashlarning
yagona
birlikda
bo‘lishini,
sertifikatlashtirish, akkreditatsiya tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini
hamda mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek,
ularnining xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari
bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;
mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya
qilinishi va iste’molchilar huquqlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy
oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
texnik
jihatdan
tartibga
solish,
standartlashtirish,
metrologiya
sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirishni tashkil etish;
mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik
reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga
muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;
mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda,
eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik
reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga
muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida
qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va
muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan
olinishiga yo‘naltirilgan hamkorlikni faollashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish,
sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda
ularning samaradorligini oshirish;
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
joriy
etish,
tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari
turlarini kengaytirish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va
metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va
profilaktikasini amalga oshirish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va
metrologiya masalalarida tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama
ko‘maklashish;
texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning
talablariga, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi va to‘g‘riligi
ta’minlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi
yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan
standartlashtirish
bo‘yicha
texnik
qo‘mitalarning
faoliyatini
muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarni
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda
ta’minlash;
standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning xalqaro talablar bilan zarur
uyg‘unlashtirish darajasiga erishish.
“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko‘ra bevosita va
quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.
Metrologiya bo’yicha Milliy idora (O’zstandart Agentligi), SMSITI, hududiy
SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, o’z vazifalarini
ushbu hujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi O’z KT ning tashkiliy asosini
tashkil etadi.
O’z KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan:
O’z KT ning Markaziy idorasi;
O’z KT ning Kengashi;
O’z KT ning akkreditlash idoralari;
kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik
xizmatlari.
Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari:
O’V ni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini
bajaradi;
kalibrlash ishlarini o’tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash
vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo’lishini
ta’minlaydi;
kalibrlash ishlarini o’tkazish uchun zarur texnik, metodik va me’yoriy
hujjatlar jamg’armasini shakllantiradi va rivojlantiradi;
me’yoriy hujjatlarning o’lchashlar birliligini ta’minlash va kalibrlash faoliyati
doirasidagi talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi;
kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha takliflarni
ishlab chiqadi.
Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bo’ladi:
korxonalarda kalibrlanishi lozim bo’lgan O’V ning holatiga;
bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga;
korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining holatiga;
kalibrlash intervallarining to’g’ri o’rnatilganligiga.
O’zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o’z belgisiga ega.
Bu belgining shakli va o’lchamlarini metrologiya bo’yicha milliy idora tasdiqlaydi.
O’z KT ning belgisi blanklarga, shtamplarga, shuningdek O’z KT ning boshqa
hujjatlari va ob’ektlariga tamg’alab bosiladi. O’z KT ning belgisini tamg’alash
(qo’llanish) joyi va tartibini O’z KT ning Markaziy idorasi belgilaydi.
O’lchash vositalarini kalibrlash -o’lchash vositalarini haqiqiy metrologik
xarakteristikalarini aniqlashda ushbu o’lchash vositasi ko’rsatgan mikdorni etalon
orqali olingan mos keluvchi miqdor bilan o’zaro nisbatini aniqlashdagi operatsiyalar
majmui. Agar o’lchash vositalari majburiy metrologik nazorat va tekshiruvdan
o’tmasa, unda ular kalibrlashdan o’tadi.
Kalibrlash natijalari bo’yicha o’lchash vositasini qaqiqiy qiymati aniqlanadi
yoki uni ko’rsatishiga tuzatmalar kiritiladi.
Kalibrlash o’lchash vositasining xatoligini va qator metrologik
xarakteristikalarini baholash imkonini beradi. Birliklar kattaligini birlamchi
etalonlardan ishchi etalonlarga uzatish metrologik zanjiri 5-rasmda ko’rsatilgan.
Birlik kattaligini uzatish o’lchash orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan -
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
(«O’zstandart» agentligi) metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan
boshqaruvini amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |