Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


C horva m ahsulotlarini yetishtirishdagi ayrim



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

C horva m ahsulotlarini yetishtirishdagi ayrim
m uam m olar
Hozirgi vaqtda respublikamiz aholisini chorvachilik 
mahsulotlari bilan imkoni boricha ko‘proq ta'minlash, 
kishilar ehtiyojini har tomonlama to‘laroq qondirish, 
shu yo‘l bilan ular salomatligini yanada yaxshilash 
kabi muhim va dolzarb muammolami hal qilish 
masalalari o ‘z yechimini kutmoqda. Bu muammolami 
hal qilish uchun avvalo chorva turlarini ko‘paytirish, 
mahsuldorligini oshirish, tez yetiluvchanlik muddatini 
qisqartirish, mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash 
korxona, tashkilot va muassasalarini zamon talablari 
asosida barpo etish talab qilinadi.
Mamlakatimizning barcha tuman va viloyatlarida 
chorvador fermerlar harakati tobora keng quloch 
yoymoqda. Chinonchi, yetishtirilayotgan yalpi chorva 
mahsulotlarining 75-80 foizi fermerlar hissasiga to‘g ‘ri 
kelmoqda. Lekin bu borada fermerlar oldida ko‘plab 
muammolar ham turibdiki, ulami faqat fermerlaming 
o‘zlarigina hal etishga ojizlik qiladilar. Masalan, 
xo‘jalik ko‘lamini kengaytirish, barqaror yem-xashak 
bazasini barpo etish, ko‘proq don va yem-xashak 
ishlab chiqarish, podani sermahsul va naslli hayvon 
va parrandalar bilan to‘ldirish, naslchilik ishlarini 
amalga oshirish, minimexanizatsiya muammolarini 
hal qilish, xo‘jalikning o ‘zida tayyor va qadoqlangan 
mahsulotlar ishlab chiqarib, ulami to‘g ‘ridan to‘g ‘ri 
savdo korxonalariga yetkazib berish va yana bir qancha 
masalalar o‘z yechimini kutmoqda.
0 ‘z xo‘jaligida yetishtirilayotgan sutdan sarimoy, 
qaymoq, pishloq, tvorog, qatiq (kefir), suzma, brin- 
za, quyiltirilgan sut kabi mahsulotlar ishlab chiqara- 
yotgan fermerlar hozircha barmoq bilan sanarli. 0 ‘z 
xo‘jaligida go‘shtdan turli tayyor mahsulotlar: kolba- 
sa, sosiska, sardelka, dudlangan go‘sht, go'sht noni,
5
www.ziyouz.com kutubxonasi


qazi, go‘sht konservasi kabi mahsulotlami tayyorlab 
berayotgan fermerlar soni yanada kam bo‘lishi bilan 
bir qatorda ulami xom ashyo masalasi hanuz qiynab 
turibdi. Bu borada ko‘plab fermer xo‘jaliklari bozor 
iqtisodiyotiga dalillik bilan kirib borishda yanada 
ko'proq to‘sqinliklarga duchor bo‘lmoqda. Ayniq- 
sa, so‘nggi yillarda nazorat ishlarining nihoyatda 
kuchayib ketishi, kunda, kun aro xo‘jalik, sex, mini- 
kombinat va tayyor go‘sht-sut mahsulotlari ishlab 
chiqamvchi xususiylashtirilgan korxonalarga pashsha- 
dek yopirilayotgan, asosan qo‘rqituvlar y o ii bilan 
tamagirlikni o ‘z kasbiga aylantirib olgan kimsalar 
ishchi-mutaxassislami ishlaridan qoldirib, 
3-4
kunlab 
(ba'zan undan ham ko‘proq) o‘rinsiz tekshimv va 
qog‘ozbozlik olib borishda o ‘z faoliyatini davom 
ettirmoqda. Davlat rahbarlari tomonidan berilgan kes- 
kin ko‘rsatmalar va turli ogohlantirishlar ayrim nazo- 
ratchilar, soliq oluvchilar va sanitariya xodimlari uchun 
ikkinchi darajali bo‘lib qolmoqda.
Afsuski, ana shunday xodimlami tartib, intizom va 
insofga soluvchilar yetishmayotir, aniqrog‘i, ular no- 
miga bo‘lsa-da, o‘zlari ko‘rinmaydi. Haligacha shu 
kabi noma’qul xatti-harakatlar davom etib kelmoqda. 
Ayrim olis viloyatlar va chekka tumanlarda bunday 
ahvol nihoyatda avj olganligiga afsuslanishgina, albat- 
ta, kamlik qiladi.
Hozirga qadar davlat tasamifida bo‘lgan go‘sht va 
sut sanoati tarkibidagi korxonalar to‘la quvvat bilan 
mahsulot chiqara olmayapti. K o‘plab ishchilar bo‘sh 
turib qolmoqda. Bunga asosiy sabab xom ashyoning 
kamayib ketganligi, ko‘plab chorva fermalarining 
nochorligi, yem-xashak bazasining yupynligi, hayvonlar 
mahsuldorligi pasayib ketganligidadir. Mollar oriq, 
mahsuloti oz va sifatsiz bo‘lganligi uchun ular daromad 
olish o ‘miga katta zarar ko‘rmoqda. Mahsulot (go‘sht, 
sut, tuxum va h.k.) Tannarxi kun sayin ortib bormoqda.
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ayrim jam oat va shirkat xo'jaliklari sut-tovar ferma- 
larida hozirgi kunda o ‘z sigirlaridan, afsuski, 1,5-2 kg- 
dan sut sog‘ib olishda davom etmoqdalar. Bu esa bir 
bosh sog‘lom echkining sutidan ham kam ekanligi o‘z- 
0
‘zidan ayon.
Endi jamoat chorvachiligida keskin burilish ya- 
sash, barcha tadbirlami jadallashtirish davri keldi. 
Har bir chorvador, har bir mutaxassis jon-dili bilan, 
chin ahd-paymon bilan bel bog'lab ishlashi lozim. 
Boqibeg‘amlik, dangasalik, ishyoqmaslik, va’dabozlik 
barham topishi zamr. Muhtaram prezidentimiz islom 
karimov aytganlaridek, har bir inson, har bir fiiqaro
xalqim, yurtim-elim deb, kelajagi buyuk davlatim va 
aziz vatanim deb, kelgusi avlodlaming shon-sharafi 
deb kuyib-pishib mehnat qilishi lozim. Aks holda, ish- 
lar «eski hammom, eski tos»ligicha davom etaveradi. 
Bu masalalami to‘g ‘ri tushungan fan va ilmga chanqoq 
talaba yoshlar astoydil mas'uliyat bilan o ‘z bilimlarini 
orttirib borishlari, bilimdon, o ‘z kasbini ulug‘lay 
oladigan, jonkuyar mutaxassis bo‘lishga jon-dili bilan 
kirisha oladiganlargina kelajakdagi porloq hayot 
uchun o‘z hissalarini qo‘sha biladilar. Bundaylami esa 
xalq ulug‘laydi va ular nomiga minnatdorlik so‘zlari 
aytiladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin