Texnik mahsulotlar sifatida quyidagilar ishlab
chiqariladi:
• Barcha tur hayvon ichaklari (tuzlangan va
quritilgan holda. Ulardan cholg‘u asboblarining torlari
yasaladi).
• Tuzlangan hayvon terilari (mol, qo‘y, cho‘chqa va
boshqa tur hayvonlamiki boMishi mumkin).
• Cho‘chqa, mol, qo‘y va boshqa tur hayvon juni.
• Texnik yog‘lar, moylash uchun foydalaniladigan
hayvon yog‘lari.
• Hayvonlar uchun oziqabop un, shuningdek, go‘sht
uni, go‘sht-suyak uni, qon uni, o ‘g ‘it uchun chiqitlar.
• Qondan tayyorlangan fabrikatlar: texnik albumin,
hayvon va parrandalar uchun ozuqa qo‘shimtalari.
10
www.ziyouz.com kutubxonasi
• Yelim, texnik jelatin va sovunlar shular jumla-
sidandir.
Tibbiyotda foydalaniladigan preparatlar, dorilar
va maxsus mahsulotlar:
• Tayyor holda, davolash uchun preparatlar.
• Ichki sekretsiya bezlaridan tayyorlangan yarim
fabrikatlar.
• Ferment mahsulotlari va boshqalar.
Keng
miqyosda
foydalaniladigan
mahsulotlar:
ulaming nomlari va assortimenti ko‘p bo‘lgani holda,
asosan hayvon suyaklari va shoxlari hamda tuyoqlaridan
tayyorlanadi.
G o'sht sanoati oldida turgan eng muhim masala
xalqimizni yarim tayyor va iste’mol uchun tayyor
mahsulotlar, bolalar va qariyalar uchun parhez oziq-
ovqat
turlarini
ishlab
chiqarishni jadallashtirish
hisoblanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot o ‘zining yuqori sifat-
liligi, oqsil, vitamin va mineral moddalarga boy bo‘lishi
bilan dunyo standartlari talabiga javob bera olishi
kerak. Tayyor mahsulotlar chiroyli va ixcham idishlarga
solingan holda qadoqlangan va xaridorgir bo‘lmog‘i
lozim. Bu borada bizning korxonalar va fermer
xo‘jaliklari chet mamlakat investorlari bilan qo‘shma
korxonalar barpo etmoqlari kerak. Ulardagi barcha
zamonaviy texnika va texnologiyani o ‘zbekistonga olib
kelish va unga mos laboratoriya xonalarini qurish va
foydalanishga topshirish ishlarini jadallashtirish hayot
taqozosidir.
11
www.ziyouz.com kutubxonasi
|