Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


fraksiya 77-rasm. Grechixa donini saralash



Yüklə 101,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/158
tarix27.09.2023
ölçüsü101,52 Kb.
#149638
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158
Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi. Tursunov S. Muqimov Z. Norinboyev B.

fraksiya
77-rasm. Grechixa donini saralash: 
a) sxodi;
b) proxodi; v) ikki m arta elash bilan.
Bunday saralash qator afzalliklarga ega, ketma-ket saralashda 
elaklarga bir tekisda baravar yiriklikdagi don yuklanadi, bu esa 
aralashmalami fraksiyalarga ajratishni osonlashtiradi.
212


8-BOB. TOZALANGAN DONLARGA QAYTA ISHLOV
BERISH (OQLASH, SARALASH, YORMALARNI
AJRATISH, SAYQALLASH VA Л LO BERISH)
TEXNOLOGIK JARAYONLARI
Yormabop donlarga qayta ishlov berish usullari
Oqlash - yorma ishlab chiqarish texnologik jarayonidagi, eng 
ko‘p energiya talab qiluvchi jarayonlardan hisoblanadi. Yormabop 
donlarning anatomik tuzilishi, shakli, ularning tashqi qobig‘i bilan 
bog‘lanishi, m ag‘izning mustahkamligi yoki m o‘rtligiga ko‘ra 
grechixa, arpa va sholi donlarini bir xil oqlash uskunalarida oqlash 
mumkin emas. Oqlash usullari yormabop donlarning texnologik 
tarkibi va m ag‘izning parda bilan qanday bog‘langanligiga asoslanib 
tanlanadi.
Grechixa donining m ag‘zi m o‘rt bo‘ladi. Uni oqlash uchun 
valtsedeka uskunasidan foydalaniladi. Qisqa vaqt ichida donni siqish 
va surish deformatsiyalari orqali pardani parchalab, uni m ag‘izdan 
ajratiladi.
Tariq donining m ag‘zi m o‘rt emas. Buning ham valtsedeka 
uskunasida oqlanadi.
Sholi donining mag‘zi m o‘rt bo‘lib, uni poliuritan qoplangan 
valli stanoklarda oqlanadi. Oqlash jarayonida uzoq bo‘lmagan vaqt 
ichida deformatsiya darajasi har xil bo‘lgan vallar orasi siqilganda 
donlar poliuritan yuzasiga ishqalanib deformatsiyalanish natijasida 
qobiqlarni m ag‘izdan ajratishga erishiladi. Sholilarni oqlashda 
yana postavalardan ham foydalaniladi, u donlarni siqish, surish va 
ishqalanish jarayonlari natijasida qobiq ajraladi.
Suli donining m ag‘izi qayishqoqlik xususiyatiga ega, uni oq­
lashda postava yoki abraziv (qayroq tosh yuza) silindrik oboyka 
uskunasida donlar bir-biri bilan ishqalanishi, donlar uskuna ichida 
bichlar yordamida abraziv yuzaga urilishi va ishqalanishi natijasida 
parda m ag‘izdan ajraladi.
Arpa donining m ag‘zi m ustahkam b o ‘lib, uni oqlashda oqlash 
postavasi va abraziv silindrik oboeyka uskunasi yoki A l-Z ShN -E
213


rusumli g-pardozlash uskunasidan foydalaniladi. Bu yerda ham 
don abraziv yuza va elaklar yuzasi orasida ishqalanib, qobiq 
m ag‘izdan ajraladi.
N o ‘xat donining m ag‘zi siqilish, urilish natijasida pallalarga 
ajralib ketadi, uni oqlash uchun A l-Z ShN -3 uskunasi qo ‘llaniladi.

Yüklə 101,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin