Al-ERD-3 oqlash uskunasining asosiy ishchi organi deformatsiya
darajasi har xil bo‘lgan poliuritan qoplangan ikkita val hisoblanadi,
ulaming o ‘lchami 0 200 mm va uzunligi - 400mmga teng. Vallar
bir-biriga qarama-qarshi aylanib, ulaming aylanish nisbati 1,45:1.
tez aylanuvchi valning tezligi 9,5 m/s. Donni oqlash uskunasi
ishchi zonasidagi
don vallar orasida siqilib, so‘ng vallarning turli
tozalashda aylanishi natijasida surilib deformatsiyalanishi natijasida
uning m ag‘zi ajraladi.
Bu uskunaning afzalligi shundaki, uning yuqori ish unum-
dorligiga ega bo ‘lib, donni samarali oqlaydi.
Biroq undan foy-
dalanilganda rezinalar tez yedirilib ketadi, ularni 3-5 sutkada
almashtirib turish talab etiladi, bu
esa mahsulot tannarxining
ortishiga olib keladi.
Donlarni siqish va surish usuli bilan oqlash
Bu usul ikkita mustahkam ishchi yuzalari orasida amalga
oshiriladi, ularning orasi don o ‘lchamiga nisbatankam bo ‘lib, bu esa
donning siqilishiga olib keladi. Ishchi yuzalarning biri harakatda,
ikkinchisi esa harakatsiz yoki ikkalasi ham harakatda bo'ladi, lekin
turli tezliklarda aylanadi,
bu esa qobiqni surib, m ag‘izni ajratishga
olib keladi. Bu usul sholi, tariq, suli va grechixa kabi yormabop
donlarni gda q o‘llaniladi, chunki ularning qobiqlari m ag‘iz
bilan
mustahkam bog‘lanmagan. Bu usulda donlar quyidagi uskunalarda
oqlanadi: oqlovchi dastgoh, valtsedeka uskunasi, abraziv valli g
uskunalari.
Ikkinchi oqlash usuli
- don pardasini qattiq yuzaga bir yoki
k o ‘p marotaba urish bilan amalga oshiriladi. Bu usuldan pardasi
m ag‘zi bilan yopishgan yormabop donlarni masalan,
suli doni
oqlashda foydalaniladi. M o‘rt m ag‘izli donlardan (arpa, bug‘doy
va boshqalar) maydalangan yormalar ishlab chiqarishda ham shu
usuldan foydalaniladi.
216