4.3. M a’lum otlar bazasini boshqarish sistemasi
M a’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi bu kompyuteming
axborotlarini saqlovchisini yaratish va uni qo‘llab-quvvatlashni
avtomatlashtirish uchun m o‘ljaIlangan dasturiy vositadir.
MBBS bir qancha belgilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi.
Universallik darajasi bo‘yicha umumiy maqsadli va maxsus
MBBS mavjud. Umumiy maqsadli MBBS insonlar bajaradigan
barcha ishlarda foydalanish uchun m o‘ljallangan sistema hisob
lanadi. Maxsus MBBS aniq maqsadli avtomatlashtirilgan sistema-
larda foydalanishga m o‘ljallangan, misol qilib ishlab chiqarishni
ABS, ALS, ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni avtomat
lashtirish sistemalari va boshqarish sistemalarini k o ‘rsatishimiz
mumkin.
ALS lar uchun yaratilgan MBBS xususiyatlari quyidagilar
hisoblanadi:
- bir xil turdagi strukturalarga ega bo‘lmagan m a’lumotlar bilan
ishlash, bu esa, loyihalanilayotgan obeyktni va uning qismlarini
loyiha yechimini izohlash ko‘rinishini hamda usullarini turli-tuman
bo‘lishiga olib keladi;
-
loyiha
protsedurasini
uzoq
davom
etishi
sharoitida
loyihalaming axborotli kuzatish izohlarining va oraliq ma’lumot-
laming bir qancha variantlari hosil bo‘lishi va ulami loyiha yechimi
tasdiqlanguncha alohida saqlash kerakligi.
83
M a’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi foydalanuvchilami
MB bilan ishlash larini osonlashtiruvchi maxsus dastur sistemasi
hisoblanib, quyidagi asosiy funksiyalami bajaradi:
— qabul qilingan tuzilishiga mos m a’lumotlarni tashkil qilish va
qo‘llab-quvvatlash;
— foydalanuvchilar va m a’lumotlar banki adminstratsiyasi
tomonidan berilgan m a’lumotlar bo'yicha bajariladigan
barcha
ishlar to ‘plamini bajarish (izlash, foydalanuvchi dasturiga uzatish,
bazaga yozish bazadan olib tashlash, qiymatini o ‘zgartirish va
boshqalar);
— ijozat berilmagan murojaatlardan va buzilishlardan m a’lumot
lami himoyalash.
MB si bilan ALS lardan foydalanuvchilar jamoalari ishlaydilar,
ular MBBSga m a’lumotlarga ishlov berish uchun turlicha so‘rovlar
beradilar. Shuning uchun bazada saqlanayotgan ma'lumotlarninig
to ‘g ‘riligiga bo‘lgan ishonchni aniqlash zarur hisoblanadi, ya’ni
MBsini yaratishni tartiblash va uning tarkibiga o ‘zgartirishlar
kiritish kerak bo‘ladi. Alohida foydalanuvchilar guruhi o‘zlarining
xususiy masalalarini yechadilar, u masalalarni yechish uchun esa
m a’lumotlarni turlicha bog‘lanishlarini yaxshilash maqsadida ALS
MBsi
administratsiyasidan
foydalaniladi.
Administratsiyaning
bajaradigan masalalariga quyidagilar kiradi:
— turli guruh foydalanuvchilari ishlatadigan, MBsini ulaming
izohlari bo‘yicha yaratish. Bu izohlar qismsxema deb atalib,
birgalikdagi sxemani tashkil etadi, boshqacha aytganimizda MBsida
saqlanadigan barcha turdagi m a’lumot elementlari va yozuv turlarini
to ‘la jadvalini tashkil etadi;
— ALS lar rivojlanib borishi bilan MBsini ham rivojlantirib
borish;
— m a’lumotlarga ishlov berish sifatini saqlab qolgan holda, MB
strukturasini o ‘zgartirish va reorganizatsiya qilish;
— m a’lumotlami himoyalashning maxsus vositalarini yaratish.
MBBSning asosiy vazifasi, amaliy dasturlar uchun m a’lu
motlarga ishlov berish operatsiyalarini bajarishdan iborat. MBBS
ishlash tartibini, amaliy dastuming ishchi sohasidagi m a’lumotlarni
MBsidan o ‘qish misolida ko‘rib chiqamiz. MBBS, operatsion
sistema va amaliy dasturlarni o ‘zaro bog‘lanish sxemasini, shu
84
amaliy dastuming bajarish jarayonini ko‘rib chiqamiz (4.4-rasm).
Bu yerda ko‘rsatgich ish bajarilishi tartibini belgilaydi va quyi-
dagilar bajariladi:
- amaliy dastur MBBSga kerakli ma’lumotlarni o ‘qish uchun,
ulaming yozish kaliti qiymatini talab qiluvchi, dasturlovchi shifrini
e ’lon qilib, so‘rov beradi;
- MBBS amaliy dasturda foydalaniladigan qismsxemani o‘z
ixtiyoriga olib, undan so‘rov berilgan m a’lumot izohini qidirishni
boshlaydi;
- MBBS sxemani olib, ya’ni m a’lumotlami to 1 la mantiqiy
izohini o‘z ixtiyoriga olib, uning yordamida qanday mantiqiy
m a’lumot kerakligini aniqlaydi;
- MBBS MBsini fizik tashkil qilish izohini ko‘rib chiqib, qanday
fizik yozuvni o ‘qish talab qilinayotganini aniqlaydi;
- MBBS operatsion sistemaga kerakli yozuvni o ‘qish buyrug‘ini
beradi;
- operatsion sistema, m a’lumot saqlanayotgan tashqi xotira bilan
birgalikda ishlaydi;
- so‘ralgan m a’lumotlar MBsidan, tizimli buferga uzatiladi;
- MBBS sxema bilan qismsxemani taqqoslab, amaliy dastur
tomonidan so‘ralgan mantiqiy yozuvni ajratadi;
- MBBS sistemali buferdan, amaliy dastur ishchi sohasiga
m a’lumotni uzatadi;
- MBBS amaliy dasturga, uning so‘rovini bajarilishi natijalari
haqida axborot beradi. Agar m a’lumot uzatish davomida xatoliklar
aniqlangan bo‘lsa, u haqida ham amaliy dastur m a’lumoti beriladi;
- amaliy dastur ishchi sohaga joylashtirilgan m a’lumotlarga
ishlov beradi.
Shunday qilib, amaliy dasturchining ishlash sohasi amaliy
dastur, uning operativ xotiradagi ishchi sohasi va m a’lumotlar izohi
qismsxemasi bilan chegaralanadi. Tashqi xotira qurilmalarida
sxemadagi m a’lumotlami mantiqiy tashkil qilishdagi yoki fizik
tashkil qilishdagi o ‘zgarishlar, amaliy dasturlami va ulami
qismsxemalarini o ‘zgarishiga olib kelmasligi kerak.
85
|