axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot
uzatish va qabul qilish kompyuterlar o‘rtasida navbat bilan amalga
oshiriladi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvi
boshqarib turiladi. Bu esa o‘z navbatida kompyuterlar o‘rtasidagi
axborot to'qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi.
Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan so‘ng undagi barcha
kompyuterlaming manzillari belgilanadi.
Chunki axborotlami
tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter
manzillari orqali amalga oshiriladi. Jo‘natilayotgan axborotga oddiy
hayotimizdagi xat jo ‘natish jarayoni
kabi uzatuvchi va qabul
qiluvchi manzillari ko‘rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. Har bir
kompyuter kelgan axborotdagi qabul qiluvchi manzilini o‘zining
manzili bilan solishtiradi,
agar manzillar mos kelsa, u holda
axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul qilib olganligi
to‘g‘risida tasdiq yo‘llaydi. Xuddi
shu tariqa kompyuterlararo
axborot almashiniladi.
Manzil
tushunchasi.
Kompyuter
tarmoqlarida
manzil
tushunchasi sifatida quyidagi fikrlami keltirish mumkin:
1.Manzil kompyuter xotirasining qismlarini, kompyuter kiritish-
chiqarish
qurilmalari portini, hisoblash tarmog‘i kompyuterlarini
hamda boshqa ma’lumot manbalarini yoki ulami uzatish uchun
belgilangan joyni aniqlaydi.
2.Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlami
qabul qiluvchi yoki jo ‘natuvchilami aniqlovchi ma’lumotlar ketma-
ketligi.
Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Kompyuter
tarmoqlarini ulaming geografik joylashishi, masshtabi hamda
hajmiga qarab bir nechta
turlarga ajratish mumkin, masalan:
Dostları ilə paylaş: