talari bilan qurollantirish hisoblanadi. 0 ‘quvchiIarga
til namunalarini
berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish
va undan o'z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim meto
dikasi asoslanadigan ongli ravishda „tilni sezish" shakllanadi.
Nutq o'stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini
yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi
nutq namunasini idrok etish, ik
kinchidan, o'rgangan til vositalaridan foydalanib, o'z fikrini bayon
etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.
Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o'zlashtiradi. Buning o'zi
yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o'zlashtiradi.
Nutqni egallash-
ning qator aspektlari mavjud. Bular:
1. Adabiy til me’yorlarini o'zlashtirish. Maktab o'quvchilarini adabiy
tilni sodda so'zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o'rgatadi,
adabiy tilning badiiy, ilmiy, so'zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.
2. Jamiyatimizning har bir a ’zosi uchun zarur bo'lgan muhim nutq
malakalarini, ya’ni o'qish va yozish malakalarini o'zlashtirish.
Bu bilan
o'quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini, uning og'zaki so'zlashuv
nutqidan farqini bilib oladi.
3. O'quvchilaming nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jami-
yatdagi eng muhim aloqa vositasidir. Tilning
mana shu ijtimoiy aha-
miyatidan kelib chiqib, maktabda o'quvchilaming nutq madaniyatiga
alohida e’tibor beriladi.
Bu vazifalarni bajarish uchun o'qituvchi o'quvchilar
bilan rejali
ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o'quvchilar nutqini o'stirish
ustida ishlash tushunchasiga nimalar kirishini bilib olish muhimdir.
Nutq o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: