K arim a q osim ova


So'z m a ’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/283
tarix28.09.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#150114
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

1. So'z m a ’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash.
Bu usul 
ko'chma ma’noli so'z va iboralar, paronim so'zlar, shakldosh so'zlar 
ma’nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qo'llaniladi Masalan, 
ziyrak —
Zircik:
odamning xususiyati (sezgirligi) — 
ziyrak;
quloqqa taqiladigan 
taqinchoq — 
zirak.
Bu so'zlaming talaffuzi ham ikki xil.
2. So'zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, m a ’nosini va
talaffuzini o'rgatish.
Bu usul o'zakdosh so'zlarni o'rganish jarayonida, 
ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-qizil
kabi sifatlarning ma’no nozikliklari, imlosi, 
talaffuzini o'rgatishda qo'llaniladi. Masalan, o'quvchilar 
guidon, gulchi,
guldor, gulli, gulsiz, gulla
so'zlarining tarkibini kuzatadilar, bu so'zlar 
ma’nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so'zlar hisobiga boyib 
borishini anglay boshlaydilar. Shu o'rinda o'qituvchi so'zlarni o'z so'ziga 
aylantirish orqali aniq fikr yuritishga o'rganish o'quvchining burchi 
ekanini aytishi lozim.
Kuzatish usuli shakllari o'zgarayotgan so'zlaming imlosini 
o'rgatishda ham qo'llaniladi: 
og‘iz+im — og'zim, singil+im — singlim,
u+ga - unga.
3. So'zlarni belgilariga ko'ra guruhlash usuli.
Guruhlash aqliy 
faoliyat usuli bo'lib, u ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilaming so'z 
boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so'zlaming anglatayotgan 
m a’nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkonini 
beradi. Guruhlash kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog'liq. So'zlarni


guruhlash uchun awalo ular kuzatiladi, so‘ng taqqoslanadi. Bu jara­
yonda ularning o'xshash va farqli tomonlari ajratiladi: Masalan, qavm- 
qarindoshlik bo'yicha guruhlash quyidagicha bo'lishi mumkin:
1. Ota urug'i: 
ota, amaki, amma, clada, buvi, buva.
2. Ona urug'i: 
ona, xola, tog‘a, buvi, buva.
Sifatlarda xususiyat bildiruvchi sifatlar 
(sho‘x, og'ir, bosiq, aqlli,
aqlsiz, hissiz, andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va
hokazo.),
ta ’m bildiruvchi sifatlar (shirin, achchiq, nordon, taxir, 
sho'r, mazali, bemaza, chuchmal va hokazo.) va shu kabilar guruhlash 
musobaqasi tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma’lum bir guruhdagi so'zlar ro'yxatini tuzish ishini alifbo asosida 
yozdirish ham mumkin. Bu jarayonda guruhlash uchun quyidagi top- 
shiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Bolalar o'yinlari nomining lug'atini tuzing.
2. O'zingiz bilgan shoir nomlari ro'yxatini tuzing.
3. Ertak nomlari ro'yxatini tuzing.
4. Joy nomlari ro'yxatini tuzing.
5. Ma’nodosh so'zlar ro'yxatini tuzing va boshq.
Bular o'rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog'liq holda 
tashkil etiladi. So'zlaming izohli lug'atini sinf yoki maktab miqyosida 
tuzib, osib qo'yilib, umumiste’molga kiritish mumkin. Bunda 
„O'quv­
chilar pochtasi“
tashkil etilishi ham mumkin. O'quvchilar qaysi so'z­
ning ma’nosini bilib olishda qiynalsalar, shu so'zni yozib yashikka 
tashlaydilar. Hafta oxiridagi darsda shu so'zlar ma’nosi, imlosi, izohi 
ustida ishlanadi.
ONA TILIDAN B ILIM , KO‘NIKMA VA 
MALAKALARNI NAZORAT QILISH
Bilimlarni o'zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni 
o'quvchilar qanday o'zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab 
borish hisoblanadi.
Tekshirish o'quvchilaming bilim sifatlarini, shakllantirilgan mala- 
kalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta ’minlaydi. Bu, o'z 
navbatida, o'quvchilaming yangi materialni o'rganishga tayyorligini 
aniqlash, shuningdek, qo'llanilgan metod va usullaming samarador- 
ligini baholashga, ish metodlariga ayrim o'zgartirishlar kiritishga imkon 
beradi. Tekshirish o'quvchilar uchun, birinchidan, to'g'ri shakllan-


tirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish 
sifatini yaxshilaydi, o'z-o'zini tekshirishni o'stiradi.
Maktab tajribasida tekshirish og‘zaki va yozma shaklda amalga 
oshiriladi; bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tat­
biq etiladi.
Boshlang'ich sinflarda ona tilidan bilim, ko'nikma, malakalar 
og'zaki va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo'yiladi. 
Bunda o'quvchilaming grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, 
so'zni va gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma nutqqa (diktant, 
bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O'quvchilar yozma 
ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tekshirib boriladi. O'qituvchi 
1-sinfda o'quvchilaming barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni 
tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o'rganilgan davrdagi yozma 
ishlarni tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi.
Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, 
shuningdek, grammatik, so'z yasashga oid, leksik va imloga oid 
topshiriqlami bajarish, tekshiruv ko'chirib yozishdan foydalaniladi. 
Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda bir marta tekshiruv 
ishi o'tkaziladi. Bulardan tashqari, o'quv yili davomida bir necha 
martadan diktant, grammatik topshiriqli yozma ishlar, test, bayon va 
insho o'tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo'lishi 
mumkin:

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin