Qoidani bilib olish o'quvchilarda u haqdagi aniq tasawurning mav-
judligiga bog'liq. Qoida asosida hosil bo'lgan aniq tasawur so'zlarda
ifodalanadi. Shuning uchun o'quvchilardan qoidani quruq yodlab
berish talab etilmasligi, balki so'zni to'g'ri yozishdagi xususiyatlar aniq
material misolida qayta tushuntirilishi lozim.
Imloga oid mashqlar. Imloviy malaka ongli nutq faoliyatining
avtomatlashgan komponentidir. Faoliyat avtomatlashishi uchun uzoq
vaqt davomida maqsadga qaratilgan mashqlar bajarib boriladi. Imloga
oid mashqlar imloviy ziyraklik ko'nikmasini shakllantirishga, tegishli
o'rinda qoidani tatbiq qilishga, mashqlarning qismlari o'rtasidagi
bog'lanishni belgilash, ularni umumiy va yagona faoliyat tizimiga
kiritishga, o'quvchilar uchun qoidaning mohiyatini aniqlash va uni
shakllantirishga qaratiladi. Qoidani tatbiq qilish davridagina uning
mazmuni chuqurroq o'zlashtiriladi. Metodikada imloga oid mashqlar-
ga: 1) grammatik-orfografik tahlil; 2) ko'chirib yozuv: 3) diktantlar; 4)
leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar kiradi. Grammatik-orfografik va
leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika va leksika bilan
bog'lanishi, ko'chirib yozuv va diktantda o'quvchilar faoliyatini belgi-
laydigan omillar, xususan, ko'chirib yozuvda ko'ruv va qo'l harakati
uquvi, diktantda eshituv uquvi hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: