izohlab o‘qish, so'zning nima uchun shunday yozilishini asoslash,
o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni aniqlash kabi mashqlar
dan foydalaniladi. Bu ko'nikma qay darajada shakllanganligini aniqlash
maqsadida kontrol (tekshiruv) ko'chirib yozuv o'tkaziladi.
Ko'chirib yozuv mashqlari grammatik. leksik yoki so'z yasalishiga
oid vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi.
Bu imlo qoidasini
tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki vazifaning
xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo'ladigan
grammatik, fonetik bilimlarni faollashtirishni talab etadi. Bulardan
tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan birgalikda nutq o'stirish
vazifalarini ham bajarish imkonini beradi.
Kompleks mashqlarga misol
qilib quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
1. Ko'chirish. O'zakdosh so'zlarni aniqlab, o'zakni ajratish.
2. Tushirib qoldirilgan qo'shimchalami qo'yib ko'chirish, qanday
qo'shimcha ekanini aytish; yozilishini tushuntirish.
3. Matn mazmuniga mos so'zni qavs ichida berilgan so'zlardan
topib qo'yib ko'chirish. Shu so'z qaysi so'z
turkumiga oid ekanini,
uning yozilishini tushuntirish.
4. Aralash berilgan so'zlardan gap tuzish va yozish.
5. Tartibsiz berilgan gaplardan bog'lanishli matn tuzish.
6. Tanlab ko'chirish (Berilgan gaplardan yoki matndan muayyan
bir so'z turkumini; ot va fe’ldan
yoki ot va otdan, sifat va otdan
tuzilgan so'z birikmalarini ko'chirish).
Diktant eshitib idrok qilingan so'z, gap, matnni yozishdir.
O'quvchilaming og'zaki yozma nutqini o'stirishda, savodxonligini
oshirishda diktantning ahamiyati katta. O'quvchi diktant yozish jara
yonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslik ularning fone
tik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o'zlashtirganliklariga
bog'liq bo'ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog'liq
bo'ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o'z navbatida gram
matik qoidalarni ham bilish zarur.
Boshlang'ich sinflarda diktant uchun
matn tanlashda bir qancha
tamoyillarga rioya qilish zarur:
1. Matnning monologik nutq shaklida bo'lishi. Unda ko'chirma
gapiar, undalmali, kirish so'zli, ajratilgan bo'lakli gapiar, qo'shma
gap bo'lmasligi lozim.
2. Matn hajmi 1—4-sinf o'quvchilarining o'qish sur’tiga asos
langan bo'lishi.
3. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog'liq bo'lishi.
4. Diktant matni o'quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi.
5. Tanlangan matn g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo'lishi,
bolalar hissiyotiga ta’sir qilishi.
6. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo'lishi.
7. Matnda o'rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi.
Diktantlar maqsadiga ko'ra ikki xil bo'ladi:
1.
Dostları ilə paylaş: