O'qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to'xtam (pauza)
bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasavishini tushuntiradi. Bo
lalar, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, 3—5 gapli
kichik matnni gaplarga
ajratadilar va ular o'rtasidagi to'xtam (pauza) qilish hikoya mazmunini
yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular
gapni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga
nuqta qo'yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos
yaratadi. Bolalarni gapni o'qishga oldindan tayyorlash uchun chiz-
madan foydalaniladi. Masalan,
bolalar gap tuzadilar, undagi so'zlarni
sanaydilar va o'qituvchi rahbarligida chiziqlar bilan belgilaydilar:
Biz ertakni sevamiz.
Ovqat pishdi.
O'qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi:
-
Og'zaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza (to'xtam) bilan
ajratamiz (Har bir gapni talaffuz qilib ko'rsatadi). Kitoblarda, ga-
zetalarda
gapning tugaganini, ovozni pasaytirish va pauza qilish
kerakligini ko'rsatish uchun alohida belgi — nuqta ishlatiladi.
Bir necha darsdan so'ng o'quvchilar gaplarni o'qiy boshlaydilar.
Ular nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar.
Kesma harflardan gap tuzishda albatta nuqtali kartochkalardan foy
dalaniladi. O'quvchilar gapni yozganda o'qituvchi nuqta qo'yishni
eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta qo'yilmasa, xato
hisoblanadi. O'quvchilar o'qituvchi
yordamida nima uchun nuqta
qo'yish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yo'l bilan gapning oxiriga
nuqta qo'yish ko'nikmasi shakllantiriladi.
So'roq va undov belgilari bilan ham savod o'rgatish davridayoq
tanishtiriladi. Bolalar so'rash mazmunini bildirgan gaplarni o'qiydilar.
O'quvchilar bunday gaplarni ohangga rioya qilgan holda, ya’ni gapning
oxirida ovozni ko'tarish bilan o'qishga o'rgatiladi.
Gapning mazmuni
va intonatsiyasi so'roq belgisini qo'yishni talab etadi. Undov bel
gisini qo'yishni o'quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida
ohangda o'qilishi bilan bog'laydilar.
O'quvchilar 2-sinfda „Gap" bo'limi mavzularini o'rganish jara
yonida nuqta, so'roq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar
oladilar.
3-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqur-
lashtiriladi. Shu vaqtdan boshlab o'quvchilar gap oxiriga tinish belgilari
sintaktik asosda qo'yilishini anglay boshlaydilar.
„Darak gap" mavzusini o'rganish bilan bog'liq
holda nuqta
qo'yilishi, „So'roq gap" mavzusi bilan bog'liq holda so'roq belgisi va
„Undov gap" mavzusini o'rganish bilan bog'liq holda undov belgisi-
ning qo'yilishi o'rgatiladi.
4-sinfda o'quvchilar „Gapning uyushiq bo'laklari"
mavzusi
o'rganilganda sanash ohangi bilan bog'langan bo'laklarda vergulning
vazifasi bilan tanishadilar.O'qituvchi ikki gapni o'qib taqqoslash bilan
nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini ko'rsatadi. Masalan,
Biz ona tilimizni sevib о 'rganamiz
(Gap
oxirida ovoz pasayadi, pauza
qilinadi).
Men, Ra’no, Alisher boshqa tillarni ham sevib о 'rganyapmiz
(Men, Ra’no, Alisher so'zlaridan so'ng ovoz bir oz pasayadi, xabar
ning davom etishi seziladi).
O'quvchilar uyushiq bo'lakli gap tarkibidagi uyushiq bo'laklarning
ammo, lekin, biroq
so'zlari bilan bog'langanda
vergulning ishlatilishini
ham amaliy o'rganadilar.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar har xil mashqlarni ishlash
orqali tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar.
Savod o'rgatish davridayoq o'qituvchi o'quvchilar e’tiborini vergul,
tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, matnni o'qiganda
bu tinish
belgilariga rioya qilishni o'rgatadi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: