20
Рамзаева Т.Г., Львов М .P. Методика обучени русскому зыку в
начальных классах. - М.: 1979. с.291-292.
muhokama qilinadi. Gapni o'rganish va nutqda undan foydalanish
ko'nikmasini shakllantirish
0
‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy
kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. 0 ‘quvchi qanday yangilikni
bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z
fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish
talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi.
,,Gap“ mavzusi barcha sinflarda o'rganiladi. Gapning belgilari
haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O'quvchilar fikr ifodalovchi
nutq birligi - gap haqidagi elementar tasawurdan gapning bosh va
ikkinchi darajali bo'laklari, gapda so'zlaming bog'lanishi, gapning
uyushiq bo'laklarini o'rganishga o'tadilar.
Gap ustida ishlashning boshlang'ich bosqichi savod o'rgatish davri-
ga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilar gapning muhim xususiyatlari
(fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar.
Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so'zlardan gap tuzib
bo'lmaydi. Agar o'quvchilar gapning bosh bo'laklarini ajrata olmasalar,
gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gap
ning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun
ham savod o'rgatish davrida gapning bosh bo'laklari ustida kuzatish
o'tkazgan ma’qul.
Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini
aniq ifodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi
shakllanadi. Gapni o'rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari,
xususan, so'z birikmasi haqidagi tasawur aniqlanadi.
Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa
ham, butun o'quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda
gap ustida ishlab boriladi.
Dasturga ko'ra, 1-sinfda o'quvchilarga gap haqida elementar
tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so'zlardan
tashkil topishi, uning oxiriga m a’lum tinish belgilari qo'yilishi haqida
amaliy m a’lumotlar beriladi.
2-sinfda esa o'quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar.
Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda
nima deyilganini bildirgan so'zni ajratishga o'rganadilar. Aslida gap
ning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu
bosh bo'laklarni o'rganishga muqaddima bo'ladi.
3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O'quvchilar gapni
amaliy o'rganishdan tushuncha sifatida o'rganishga o'tadilar. Ular
gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ik-
kinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi.
Bu sinfda gapda so'zlaming bog'lanishiga katta e’tibor beriladi.
O'quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar, ikkinchi
darajali bo‘laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim va tobe
so‘z)ni, so'zlaming grammatik jihatdan, ya’ni qo'shimchalar orqali
bog'lanishini bilib oladilar.
4-sinfda gapning uyushiq bo'laklarini o'rganish bilan gap bo'laklari
haqidagi bilim kengaytiriladi.
Shunday qilib, o'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi tasav-
vurni o'stirish gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan,
boshlang'ich sinf o'quvchilari gap bo'laklarini ikkita katta guruhga
(bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga) bo'linishini o'zlashtiradilar.
Bu sinflarda ikkinchi darajali bo'laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni
o'zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyati
ochiladi: bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr,
asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali
bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlovchilik va to'ldiruvchilik vazifasini
bajaradi.
Ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyatini ochish uchun o'quvchilar
gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo'lagiga bog'lanib, uni izohlab
kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo'laklarning xususiyatlari
gapni yoyish (yig'iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol
ko'rinadi. Masalan, o'quvchilar
,,Qaldirg‘ochlar uchib keldi“
gapini
yozadilar. Fikrni to'liq ifodalash uchun gapga
qayerga?
va
qachon?
so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni qo'yish topshiriladi. O'quvchilar
bu vazifani bajarib, qaysi gap bo'lagi (ikkinchi darajali bo'lak) fikrni
yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.
O'quvchilarda gapda so'zlaming bog'lanishini aniqlash ko'nikmasini
shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko'nikmalar qatoriga kiradi.
So'z birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang'ich sinflarda
uning muhim belgilari idrok qilinadi. „So'z birikmasi" atamasi
darsliklarga kiritilmagan, ta ’rifi berilmaydi. Ammo kichik yoshdagi
o'quvchilar uning quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib olishlari
zarur:
1.
So'z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog'langan ikki
qism bo'ladi. Masalan,
„Dunyo xalq lari tinchlik uchun kurashadilar“
gapida ikkita so'z birikmasi bor:
I) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun
kurashadilar.
2.
So‘z birikmasida bir so'z hokim ikkinchi so'z tobe bo'ladi. H o
kim so'zdan tobe so'zga so'roq beriladi, tobe so'z shu so'roqqa javob
bo'lgan so'zdir. Masalan,
(Qanday?) Iqtidorli o'quvchilar (nimaga?)
to'garakka a ’zo bo‘Idilar.
Ega va kesim so'z birikmasini emas, gapni
hosil qiladi.
Gap tarkibidagi so'z birikmalarini ajratish ko'nikmasi uzoq mashq
davomida shakllantirilib boriladi. Buning uchun o'quvchilaming so'z
birikmasidan bir so'zning boshqa so'zga tobeligini tushunishga qara
tilgan mashqlar tizimidan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |