BOSHLANG'ICH SINFLARDA SINTAKSIS ELEMENTLARI
USTIDA ISHLASH
METODIKASI
Gap ustida ishlash. Boshlang'ich sinflarda sintaksis yuzasidan
beriladigan bilimlar amaliy o'rganiladigan va nazariy o'rganiladigan
bilimlarga bo'linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o'rganish savod
o'rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi.
Boshlang'ich sinfda „G ap", „Darak gap", „So'roq gap", „Buyruq
gap", „His-hayajon gap", „Sodda gap", „Gap bo'laklari", „Gapning
uyushiq bo'laklari", „Undalmali gapiar" mavzulari nazariy o'rganiladi.
Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarining
muhim vazifalaridan
biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko'nikmasini shakl
lantirish hisoblanadi.
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya
sintaksis asosida
o'zlashtirilgani uchun tilni o'rganishda gap ustida ishlash markaziy
o'rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo'lib, boshlang'ich sinf
o'quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l
va ularning muhim kategori-
yalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O'quvchilar ona
tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So'zning leksik ma’nosi
va uning qo'llanish xususiyatlari so'z birikmasi yoki gapda ma’lum
bo'ladi. So'z gapda bir ma’noli bo'ladi (gapdan tashqarida bir necha
ma’no ifodalashi mumkin).
Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang'ich
sinflarda gap ustida
ishlashni shartli ravishda besh yo'nalishga bo'ladi:
1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi
bo'lgan gapning muhim belgilarini o'rgatish).
2. Gap qurilishini o'rgatish (so'z birikmasida so'zlaming bog'lanishi
ustida ishlash,
gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali
bo'laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig'iq gapiar ustida ishlash).
3. O'quvchilaming nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra
turlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
4. Gapda so'zlarni aniq qo'llash ko'nikmasini o'stirish.
5. Yozma nutqda gapni to'g'ri tuzib yozish (uni
bosh harf bilan
boshlash, tinish belgilarini qo'yish) ko'nikmasini shakllantirish20.
Ishning bu besh yo'nalishi bir-biriga o'zaro ta’sir etadi va gapning
ayrim tomonlarini o'rganish maqsadidagina
ulaming har biri mustaqil
Dostları ilə paylaş: