Dori vositalari shakllari, dori vositalarining dozasi haqida tushuncha.
«Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini retsept asosida berishda quyidagi
umumiy qoidalar mavjud:
Giyohvand vositalar, psixotrop va zaharli moddalar boʻlgan dori vositalarini
tayyorlash, qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek, ularni dorixona
muassasalari tomonidan aholiga retsept asosida berishga tatbiq etilmaydi.
2. Dori vositalarini retsept asosida berishga oid qoidalar imtiyozli shartlar va bepul
retseptlar boʻyicha dori vositalarini berishga qoʻllanilmaydi.
3. Roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarni tayyorlash, shuningdek, sifatsiz dori
vositalarni qabul qilish, saqlash va qoʻllash taqiqlanadi.
4. Narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan va bir-biriga nomutanosib dori vositalari
roʻyxatida koʻrsatilgan dori vositalariga retsept yozib berish taqiqlanadi.
9
Barcha dori vositalari oʻzining
agregat holatiga qarab
quyidagi shakllarga boʻlinadi:
1. Qattiq shakldagi dori
vositalari: tabletkalar, drage,
kukun, kapsyla, granula, tibbiy
qalamchalari va hakozolar.
2. Suyuq shakldagi dori
vositalari: eritma, qaynatma,
damlama, ekstrakt, nastoyka,
emulsiya, suspenziyalar.
3. Yumshoq shakldagi dori
vositalari: malhamlar,
shamchalar, pastalar va
linimentlar.
4. Gaz (aerozol) shakldagi
dori vositalari:
10
1. Qattiq shakldagi dori vositalari: tabletkalar, draje, kukun,
kapsula, granula va hakozolar.
Tabletkalar
dozalangan dori shakli
boʻlib, moddalarni presslash yoʻli bilan
tayyorlanadi. Tabletkalar dozasi aniqligi, ichishga qulayligi,
koʻplab tayyorlash
mumkinligi, ixcham
boʻlishi va uzoq vaqt saqlanishi tufayli juda qulay dori shakli
hisoblanadi. Tabletkalar ichish, til ostiga
qoʻyish va sirtga qoʻyish uchun
moʻljallangan.
•
Draje (Drajee)
- ichish uchun dozalarga
boʻlingan dori shakli. Dori hamda yordamchi
moddalarni qand donalariga bir necha marta qavat-qavat qilib
toʻyintirish yoʻli bilan olinadi.
Hozirgi paytda vitaminlar va boshqa dori moddalari draje shaklida chiqariladi. Drajelar
sharsiman
koʻrinish va silliq yuzaga ega.
Kukunlar ichiladigan va sirtga ishlatiladigan qattiq dori
shakli boʻlib, sochiluvchi xususiyatga ega. Kukunlar
maydalik darajasiga qarab, har xil boʻlishi - yirik kukunlar -
pulveris grosis, mayda kukunlar - pulveris subtilis va juda
mayda kukunlar -
pulveris subtilissimus boʻlishi mumkin.
11
|