Suspenziyalar
-
Suspensio
suyuq dori
shaklidir, ularda maydalangan, suvda
erimaydigan qattiq dori moddalar boʻladi.
Suspenziyalar sirtga ishlatish, muskullar
orasiga va boʻshliqlar orasiga yuborish uchun
buyuriladi. Suspenziyalar ichishdan oldin
chayqatiladi. Ichishga moʻljallangan
suspenziyalar tarkibidagi qattiqdori
moddalarining maydalanish darajasi
kukuniarga nisbatan yuqoridir, natijada ular
organizmga tez taʻsir etadi.
Miksturalar
-
(Mixturae)
bir necha dori
moddalami yoki dori shakllaridan tuzilgan
aralashma,
koʻpincha ichishga, baʻzan sirtga
va parenteral
yoʻl bilan qabul qilinadi.
Ichishga
tavsiya qilinadigan mikstura ikki turda yoziladi.
1. Tarkibidagi moddalar eritma holida
boʻladi.
2. Dorivor moddalar aralashmasi. Mikstura
tarkibini
taʻsir etuvchi hamda yordamchi
moddalar tashkil etadi,
bularga sharbat,
xushboʻy suv, shilliqsimon modda kiradi.
Ayniqsa,
bolalarga mikstura mazasini
shirinroq qilib berish kerak. Mikstura
qoshiqlab ichishga tavsiya qilinadi.
14
Tomchilar (Guttae, Gutta)
ichish va sirtga
ishlatiladigan eritmalar - koʻz va quloqqa,
burunga tomiziladigan tomchilar,
primochkalar hamda yuvish, chayish uchun
qoʻllaniladi. Tomchilar ichish va sirtga
ishlatish uchun qoʻllanadigan eritma va
miksturalaming bir turi boʻlib, ularda dori
moddalari tomchilab miqdorlangandan
keyin boʻladigan konsentratsiyalarda tavsiya
qilinadi. Eritmalar oʻrtacha 10-15-20
tomchi, 10-20-30-marta qabulga yozib
beriladi. Sirtga ishlatiladigan tomchilar koʻz,
quloq, burun tomchilariga boʻlinishi
mumkin. Koʻz tomchilari boshqalardan farq
qilib, aseptik yoʻl bilan tayyorlanadi.
.