1-Машғулот


Ish uchun kerakli jihozlar



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Ish uchun kerakli jihozlar
: baqa katta va kichik qaychilar, anatomik, jarrohlik 
va ko`zga ishlatiladigan pinsetlar, zond, shisha ilgakcha, taxtacha, to`g`nag`ich 
ninalar, paxta, salfetka va Ringer eritmasi.
Ishni bajarish tartibi.
Asab muskul preparatini tayyorlash uchun baqani qo`lga 
olib qorni bilan chap qo`lda ushlanadi va qaychining bir uchi baqa og`ziga 
ko`ndalang qo`yib, ko`zlarining orqasidan ustki jag`i kesib tashlanadi va umurtqa 
pog`onasi kanaliga zond kiritib orqa miyasi buziladi. So`ng umurtqa pog`onasidan 
1sm qoldirib baqa tanasi ikkiga bo`linadi. Buning uchun baqaning keyingi 
oyoqlaridan ushlab osiltirib turgan holda, qaychi yordamida, tanasining oldingi yarmi 
ichki organlari bilan kesib tashlanadi. Qolgan umurtqa qoldig`idan pinset bilan tutib 
turib ikkinchi qo`l bilan tanasining keyingi ikkinchi yarmisining terisi shilib olinadi. 
Umurtqa qoldig`i va chanog`ini uzunasiga kesish orqali oyoqlar bir biridan ajratiladi 
va ulardan birini Ringer eritmasiga solib qo`yiladi, ikkinchi oyoqdagi umurtqa 
qoldig`ini qaychi bilan chanoqdan ajratiladi. Umurtqa qoldig`idan ko`tarib qo`ymich 
asabi tizza bo`g`imiga qaychi yordamida boshqa to`qimalardan quyidagi qoidalarga 
rioya qilib ajratib olinadi: muskul asab to`qimalarini organizmdan ajratib olish 
vaqtida ularga doimo Ringer eritmasi tomizilib turish kerak; bundan tashqari, asabga 
sal bo`lsada tegib ketmasdan yonidagi biriktiruvchi to`qimalarni pinset bilan ushlab 
(asabni tortmasdan, ezmasdan) qaychi yordamida ajratib olish zarur. Asabning biror 
qismini ko`tarish kerak bo`lsa, shisha ilgakchadan foydalanish kerak bo`ladi. Tizza 
bo`g`imi ustidan son suyagi muskullari bilan qo`shib kesib tashlanadi. So`ng boldir 
muskulining payi (Axillo payi) kesiladi va muskulni payidan yuqoriga tortish orqali 
uni tizza bo`g`imigacha boshqa to`qimalardan ajratiladi. Tizza bo`g`imining pastki 
qismidan oyoqning qolgan qismi kesib tashlanadi. Natijada oxiri umurtqa qoldig`i, 
quymich asabi va boldir muskulidan iborat preparat tayyor bo’ladi.

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin