8
joylashgan orqa miya jarohatlantiriladi. Shunda barcha reflekslar yo`qoladi. Bu esa
bosh va orqa miyani ishdan chiqqanligidan dalolat beradi.
Baqaning harakatsizlantirishning qonsiz usuli.
Agarda ignani ensa
chuqurchasiga kiritib bosh va orqa miyasi ishdan chiqarilsa ham baqa harakatsiz
holatga keladi. Bunda baqa boshini kesib tashlashning hojati yo`q.
Baqani fiksasiyalash.
Ko`pchilik fiziologik amaliyotda baqa ishlatiladi. Asab
muskulga oid tajribalarda orqa miyali baqa qo`l keladi. Orqa miyali baqani o’lchami
20x10 sm li parafinli taxtacha ustiga yotqizilib, harakat qilmasligi uchun igna bilan
sanchib qo`yiladi. Fiksasiya qilingan baqani oyoqlari yaxshilab tortiladi. Bo`lmasa
fiksasiya yaxshi natija bermaydi.
Ma`lumki, mashg`ulotga ajratilgan preparat tajriba vaqtida fizik va ximiyaviy
jihatdan to`g`ri keladigan muhitda saqlansa, ya`ni u kerakli miqdorda tuz ma`lum
harorat va hamda etarli miqdorda kislorodga ega bo`lgan eritmaga tushirib qo`yilsa,
bir necha soatgacha o`z faoliyatini saqlab tura oladi. O`tqaziladigan tajribalarning
turlariga qarab har xil to`qima preparatlari ishlatiladi. Masalan, ancha oddiy tajribalar
baqa to`qimalarida o`tkaziladi. Ular xona haroratida o`zini yaxshi saqlaydi va
preparat solingan shisha idishdagi eritmaga kislorod oson diffuziyalanadi. To`qimalar
uchun fiziologik eritmalarning maxsus reseptlari ishlab chiqilgan,
Organizmdan ajratilib olingan ba`zi organlarning yashash qobiliyatini saqlash
uchun tarkibi qonga yaqin bo`lgan eritmalardan foydalaniladi. Bunday eritmalarga
fiziologik eritma Ringer, Ringer-Lok va Tirode eritmalari kiradi. (1-jadval.)
Dostları ilə paylaş: