miograflar ishlatiladi. Miograflar deyarli qarshilikka ega
bo`lmagandan ularni izotonik miograflar deyiladi a). Bundan tashqari, muskul
qisqarganda rivojlanadigan muskul tonusini (tarangligi) qayd qilish uchun
qo`llanadigan miograflar bo`lib, ular izometrik miograflar deb ataladi.
Kimograf -fiziologik laboratoriyalarda keng qo`llaniladigan yozib oluvchi
asbob. Fiziologiya mashg`ulotlarida har xil harakatlarni (yurak qisqarishi, muskul
qisqarishi va hokazolar) yozib olish uchun kimografdan foydalaniladi. Kimograf
asosan uch qismdan: 1) shtativ, 2) soat mexanizmi, 3) barabandan tuzilgan. Kimograf
tayanch qismi o`qga joylashtirilgan baraban (D=15, N=18), soat mexanizmi bo’yicha
ishlaydi. Barabanni gorizontal o`qda joylashgan muft aylantiradi. Baraban yuzasiga
oq qog`oz lenta tortilib qog`oz uchlari elim bilan yopishtirib qo`yiladi. So`ngra
kerosinli chiroq alangasi ustida 1- 2 sm balandda ushlab bir tekisda dudlanadi. Bu
ishni juda extiyotlik bilan bajarish lozim. Chunki qog`oz alanga uchiga tegib ketishi,
yaqin tursa sarg`ayib qolishi, natijasida qayd qilinadigan jarayon aniq ko`rinmay
qolishi mumkin. Dudlangan qog`ozga kimogramma yozilgandan keyin uni kesib
barabandan ajratiladi va stolga qo`yib ingichka uchli shisha tayoqcha bilan
tushuntirish belgilari yoziladi. So`ng qog`ozning bir uchidan pinset bilan tutib
kimogrammali yuzasini yuqoriga qaratgan holda kanifolning 96
0
spirtdagi 5% li
eritmasi qo`yib qo`yilgan foto vannaga tushiriladi. Keyin qog`oz quritish uchun osib
qo`yiladi. Miografning chizg’ichi kimografga yaqinlashtiriladi va olingan natijalar
yozib olinadi
Mariya kapsulasi yordamida turli xil harakatlarni istalgan baraban qog`ozga
yozish mumkin. Vaqtni belgilaydigan asbob sim o`ralgan elktromagnit g`altakdan
tuzilgan. G`altak ustida yozadigan prujinali pero bor. Bu asbob yordamida to`qima
ta`sirlangandan boshlab javob berguncha o`tgan vaqtni, organizmga turli moddalar
yuborganda ularning ta`siri yuzaga chiqquncha ketgan vaqtni o`lchash uchun
qo`llaniladi.