1-Машғулот



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Elektrostimulyatorlar.
Fiziologik 
tekshirishlarda 
to`qimaning 
ba`zi 
xususiyatlarini o`rganish uchun uni qo`zg`atish zarur bo`ladi. Bunday hollarda 
stimulyatorlardan foydalaniladi. Elektrostimulyatorlar vaqt birligi ichida turli sondagi 
impul`slar va har xil kuchlanishdagi tok zarbini olishga imkon beradi. Bunday 
impul`slarning berilishi muddati va kuchi eksperimentator ixtiyoriga bog`liq. 
Stimulyatorning ish rejimi, ya`ni yakka impul`s yoki impul`slar seriyasini yuzaga 
keltirish apparat panelidagi ish rejimini o`zgartiruvchi tutqichlar yordamida 
boshqariladi. 
Hozir ko`pchilik fiziologik laboratoriyalarda o`quv elektron stimulyatori 
ishlatiladi. Bu stimulyatorning asosi elektron lampalar yoki tranzistorlardan iborat 
tebranishlar generatoridir. Bu apparat o`zgaruvchan tok tarmog`iga ulanadi. Unda 
elektrodlarni ulash uchun maxsus nuqtalar va paneli yuzasida tutqichlari hamda 
shkalalari bor.O`quv elektron stimulyatorining oldingi paneli “chastota” tutqichini 
burash bilan 1s.da kerakli chastotadagi ta`sirini berish va boshqarish tutqichi orqali 
har bir ta`sirning davom etish muddatini millisekundlarda o`zgartirish mumkin. 
“Amplituda” tutqichi va amplituda diapazoni tumbleri yordamida ta`sir kuchlanishini 
(ta`sirlash kuchini) o`nlab millivol`tdan bir necha o`n vol`tgacha o`zgartirilsa 
bo`ladi. “Pusk” tutqichini siljitish bilan preparatga ta`sir beriladi. Bundan tashqari, 
to`qimalarni ta`sirlash uchun SIF 5 impul`sli stimulyator ham laboratoriya 
tekshirishlari va o`quv mashg`ulotlari uchun mo`ljallangan. SIF 5 chastotasi, davom 
etish vaqti va amplitudasi boshqarib turiladigan to`g`ri burchakli impul`slar 
generatoridir. 
Elektrodlar.
 
Elektrodlar to`qimalarga tok o`tkazish uchun xizmat qiladi. 
Induksion tok o`zgaruvchan va qisqa vaqt ichida o`tadi. Shu sababli to`qimalar 
induksion tok bilan ta`sirlanganda tok zanjirida qutblanish bo`lmaydi. Bu metall 
elektrodlardan foydalanish imkonini beradi. To`qimalarni ta`sirlash uchun 
qo`llaniladigan elektrodlar bir biriga yaqin joylashgan ikkita mis yoki kumush simdan 
iborat. 
Tok manbalari.
Fiziologiya mashg`ulotlarida qo`llanadigan apparatlarni 
ishlatishda bajariladigan ishning maksadiga qarab o`zgaruvchan yoki doimiy tok 
manbalaridan foydalaniladi. O`zgaruvchan tok bilan ishlaydigan apparatlar 
qo`llaniladigan bo`lsa, ularni bevosita yoki transformatorlar orqali shahar elektr 
tarmog`iga ulanadi. Doimiy tok bilan bajariladigan ishlar uchun esa akkumulyatordan 
yoki o`zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantirib beradigan apparatlardan 
foydalaniladi. Akkumulyatorlardan foydalanish laboratoriya xodimlari uchun ancha 
noqulay, chunki akkumulyator uchun, elektrolit tayyorlash, zaryadlash va boshqa 
qo`shimcha ishlarni bajarish kerak bo`ladi. Buning ustiga akkumulyator uzoq vaqt 
ishlatilmay qolsa, uning kuchlanishi pasayib ketib qayta zaryadlashga to`g`ri keladi. 



Shu sababli o`zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantirib beradigan vositalardan 
foydalanish ancha qulay. 
Fiziologiyaga doir laboratoriya ishlarini bajarishda masalan, muskullarning 
qisqarishini qayd qilish uchun uchiga ingichka (plyonka) pero ulangan engil 
harakatlanuvchi richaglar – 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin