Kirish. 1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va



Yüklə 282,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix30.09.2023
ölçüsü282,14 Kb.
#150576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.2. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va 
xususiyatlari. 
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo’lsada, turli mamlakatlar turli yo’llarni 
tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga oiishning 
revolyusion va evolyusion yoilari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa 


21 
ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo’lni, birdaniga katta 
to'ntarishlar qilish yoiini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, 
iqtisodiy va tabiiy xususiyatlami hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan 
holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani 
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich 
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoii tanlandi. 
« Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yoii xalqimiz 
ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan 
davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan qonun 
ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni 
hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda ». 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li ijtimoiy-
yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo’lib, puxta o‘ylab, 
ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o‘zbek modeli” deb nom 
qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga oshirishga birinchi Prezidentimiz 
tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: 
-
iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini 
ta’minlash; 
-
o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi; 
-
butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar 
ustuvorligining ta’minlanishi; 
-
bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida 
kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish; 
-
bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. 
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga 
egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili 
alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini 
yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan 
kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. 
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, birinchi Prezidentimiz shunday 
ta’kidlaydi: “Jamiyatimizni isloh qilish borasidagi maqsad va vazifalarimizning ma’no-
mohiyatini ana shunday tushunishdan kelib chiqib bayon etilgan “Islohotlar - islohot 
uchun emas, avvalo, inson uchun”, “Yangi uyni qurmasdan turib eskisini buzmang” 
degan mashhur shiorlar el-yurtimiz o‘rtasida keng yoyilib, qoilab-quvvatlanayotgani 
bejiz emas, albatta». 
Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modelining 
naqadar to‘g‘ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish, umuman, 
mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi jadal 
rivojlanishi misolida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Bundan tashqari, bozor 
munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. 
U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bogliq bo’lgan barcha sohalarini, shu 
jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalami ham tubdan 
o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich, evolyusion yo’l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini 
ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oiish tamoyilini amalga oshirish 
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichla- rini aniq farqlash, bu bosqichlaming har 
biri uchun aniq maqsadlami, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi. 
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga oiishning birinchi 
bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib 
qo‘yilganligi ta’kidlanadi: 
-
totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish; 
-
Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor 


22 
munosabatlarining negizlarini shakllantirish. 
Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim 
yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 
-
O’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash; 
-
mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini 
xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida 
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
-
ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning 
barqarorlashuvini ta’minlash. 
Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va 
ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat 
jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu 
bilan birga isloh qilish- ning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik 
maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. 
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy 
o‘zgarishlami amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor 
munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib 
I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi bir qator 
vazifalami ko‘rsatib berdi: 
-
davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish; 
-
ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlash; 
-
milliy valyuta – so’mni yanada mustahkanilash; 
-
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib 
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish. 
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi 
bosqichda tutilgan yo‘1 davom ettirildi. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda 
«erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, 
ham siyosiy vazifalami hal qilishning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot sohasida 
quyidagi aniq vazifalami amalga oshirishni ko‘zda tutadi: 
-
iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik 
bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish; 
-
xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda 
mulkdorlar sinfini shakllantirish; 
-
mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan 
sarmoyalami keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy 
omillarni yanada kuchaytirish; 
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin 
egallashiga erishish; 
-
mamlakatning 
eksport 
salohiyatini 
rivojlantirish 
va 
mustahkamlash, 
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini 
ta’minlash; 
-
iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga 
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlami izchil davom ettirish. 
Mashhur besh tamoyilga - asoslangan o‘zbek modeli bozor munosabatlariga 
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy 
ishlarimiznmg mustahkam poydevori, taraqqi- yotimizning asosiy yo‘nalishiga aylandi. 

Yüklə 282,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin