Kirish. 1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi



Yüklə 282,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix30.09.2023
ölçüsü282,14 Kb.
#150576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




 
 

MAVZU: Bozor iqtisodiyoti, uning shakllanishi va 
rivojlanishi shart- sharoitlari. 
 
Kirish. 
1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. 
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. 
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal 
qilinishi, afzlliklari va ziddiyatlari.
1.3. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi.
2-bob. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari. 
2.1. O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari. 
2.2. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va 
xususiyatlari.
2.3. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy 
yo`nalishlari.
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
 



1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. 
 
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos 
bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal 
qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar 
davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va 
ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning 
barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning 
amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. 
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y 
berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti 
hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar 
shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul 
muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda 
tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini 
tashkil etadi. 
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin 
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim 
shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor 
ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoli- 
yatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning 
shakllanishiga imkon yaratadi. 
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi 
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday 
iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning 
turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim 
adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-
harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi 
orqali bir-biriga boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor 
aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish, ayirboshlash, 
taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha 
subyektlarini qamrab oladi. 
Bozot iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini sotuvchi
ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar 
egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha asosiy subyektlari uchta 
guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori. 
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy 
tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy 
xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar 
hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni 
qondirish uchun sarfianadi. 
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal 
qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan 
kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish 
faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xo
Ј
jaligida tovar va 
xizmatlami yetkazib beradi. 
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy 
tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy 
xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar 



hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni 
qondirish uchun sarfianadi. 
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal 
qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan 
kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish 
faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va 
xizmatlami yetkazib beradi. 
1-rasm. Bozor xo’jaligi subyektlari о’zaro aloqasining umumiy modeli 
 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta tarkibiy 
qismdan iborat boiadi: narx, talab, taklif, raqobat. 
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab 
chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yoki ko‘rsatkich bo`lib xizmat 
qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z navbatida, 
narxlardagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
-
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning 
ustuvorligi; 
-
tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 
-
raqobat kurashming mavjudligi; 
-
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
-
korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga 
moslashuvchanligi. 
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin 
bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning 
tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning birinchi ko‘rinishi 
uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning 
oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor 
iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: 
a) iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi;
v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning shaxsan 
erkinligi;
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;
d) iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida 
tartiblanishi;
e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy 
tabaqalashuvining kuchayishi;
j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun ishlash. 
Bank
Korxona (firma) 
Davlat 
Uy xo`jaligi 



Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan iqtisodiyoti 
deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy 
belgilari: 
a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni 
xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi; 
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir 
qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda 
umumlashganligi; 
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika 
taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish 
istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish 
chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; 
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, 
prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing tizimi 
orqali boshqarish va boshqalar); 
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga 
tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining vujudga kelishi. 
2-rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. 

Yüklə 282,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin