O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Delphida ilovani saqlash va yuklab olish



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173
2. Delphida ilovani saqlash va yuklab olish. 
Delphida ilovani 
saqlashning bir necha usuli bor. Bu buyruqlarning barchasi asosiy 
menyuning File (fayl) bo‘limida joylashgan:
1. Save
2. Save as …
3. Save Project as …
4. Save All
Ulardan birinchisi Save (Saqlash) buyrug‘i ilovani joriy nomi bilan 
saqlash uchun xizmat qiladi. Ikkinchisi yangi nomga saqlaydi. 
Uchinchisi ilovani yangi joyga, to‘rtinchisi esa loyihaning barcha 
fayllarini saqlash uchun xizmat qiladi.
3. Ilova oynasi va uning xossalarini o‘rnatish. 
Ilova oynasining 
asosiy xossalari bu uning o‘lchamlari va kompyuter ekranidagi o‘rnidir. 
Xossalarni Delphining ilova oynasi o‘lchamlarini sichqoncha yordamida 
uning o‘ng quyi burchagini surib o‘zgartirish mumkin. Lekin buning 
boshqa yo‘li ham bor.
Sichqonchani 
ilova 
oynasi 
(Form1) 
ustiga 
keltirib uning chap tugma-
sini bosamiz va Ob’yekt 
inspektori (Object Inspec-
tor) oynasida kerakli xossa-
larning qiymatini o‘zgarti-
ra-miz. Bu oynada 50 dan 
ortiq xossalar alifbo tarti-
bida keltirilgan. Kerakli 
xossa bu oynada ko‘rinma-


176 
sa, o‘ng tomondagi vertikal surgichni sichqoncha bilan surib, uni 
ekranga chiqarish mumkin.
Ilova oynasining kengligini Width xossasiga 400 ni kiritib 
o‘zgartiramiz. Buning uchun Width xossasini sichqoncha bilan tanlab, 
400 sonini kiritamiz. Shunga o‘xshash, ilova oynasi balandligini Height 
xossasi yordamida 300 ga teng qilib olamiz. Bu amallarni qisqacha 
quyidagi ko‘rinishda tasvirlaymiz va undan keyinchalik keng 
foydalanamiz:
Form1.Width:=400;
Form1.Height:=300;
Ilova oynasining sarlavhasi-ni oldindan berilgan Form1 dan Mening 
birinchi ilovam-ga o‘zgartirish uchun
Form1.Caption:= ‘Mening birinchi ilovam’;
ni bajaramiz.
Form1.Color:= ‘ClAqua’ yordamida ilova oynasi fonini havorangga 
o‘zgartiramiz.
Form1.Left:=100 va Form1.Top:=50 xossalari yordamida ilova 
oynasining chap tomonidan va tepasidan qoladigan joyni 100 va 50 ga 
teng qilib o‘rnatamiz
Bajarilgan o‘zgartirishlarni ko‘rish uchun ilovani ishga tushiramiz. 
Buning uch xil usuli bor.
1. Asosiy menyuning Run (Ishga tushirish) bo‘limining Run bandini 
tanlash.
2. Jihozlar panelidagi
tugmasini bosish.
3. Klaviaturada F9 tugmasini bosish.
Ilova bilan ishlashni tugatish uchun uning o‘ng yuqori burchagidagi 
tugmani bosamiz.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin