Font xossasiga kiriladi va muloqot
darchasidan shrift, uning o‘lchami va rangi tanlanib Ok tugmasi
bosiladi.
Label komponentasi nafaqat ma’lumotlarni ekranga joylash-tirish
uchun xizmat qiladi, balki dastur natijalarini chiqarishda ham ishlatish
mumkin. Buning uchun dasturda
Label5.caption:='Dastur natijasi'; buyrug‘i berilishi kerak. Misol,
Label5.caption:='Echim='+s; bu erda
s:String o‘zgaruvchisi.
Edit kiritish qatori. Edit kiritish qatori matnni bir qatordan
kiritish va uni tahrirlash uchun ishlatiladi. Matn kiritish qatorini ekranga
joylash uchun Delphining
Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan
“
ab” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha
tugmachasini bosgan holda matn kiritilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi.
Natijada
Edit1 matn kiritish maydoni hosil qilinadi. Matnni kiritish
dastur ishchi holatiga o‘tilganda bajariladi.
Matn qatoriga kiritilgan ma’lumot faqat matn, ya’ni
String (qator) bo‘lib hisoblanadi. Edit kiritish qatorida kiritilgan ma’lumotni dasturda
o‘qib va uni raqamga o‘tkazish uchun ko‘p hollarda Val funksiyasidan
foydalaniladi. Bu funksiya Turbo Paskalda quyilagicha yoziladi.
Val(Edit1.Text,a,cod) - bu erda
a: Real; - o‘zgaruchisi bo‘lib,
Edit1.Text maydonidagi ma’lumotni raqam qilib o‘zlashtiradi.
cod: Integer; deb e’lon qilinadi.
Memo matn chiqarish qatori. Memo matnlarni bir necha qator
qilib chiqarish uchun ishlatiladi.
Memo matn chiqarish qatori ni ekranga joylash uchun Delphi-
ning
Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan “
ab” piktogrammasi
173
yonidagi Memo tugmasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha
tugmachasini bosgan holda matn chiqarilishi lozim bo‘lgan joy
ajratiladi. Natijada
Memo1 matn chiqarish maydoni hosil qilinadi. Bu
matn chiqarish maydoni dasturda natijalarni chiqarishda qo‘l keladi.
Natijani chiqaoishda u dastur ichida quyidagicha ishlatiladi.