4.3. Macromediya Flash dasturida animatsiya yaratish.
Macromedia Flash dasturida animatsiya ikki usulda yaratiladi:
kadrli (покадровое создание) va avtomatik (автоматическое
создание промежуточных кадров). Avtomatik animatsiya shakllar
geometriyasini uzgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar
o`zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya turlarga bo`linadi.
Boshqaruv kadrlar o`zgarishi (motion tweening) asosidagi yaratilgan
animatsiya. Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz bitta boshqaruv
kadrni yaratamiz va unga belgi qo`shamiz.
Masalan, boshqaruv kadrda biror bir shakl (aylana) chiziladi va u
grafik tasvir belgi turiga «Вставит» menyusida «Преоброзовать в
252
символ (Convert to Symbol)» buyrig`i yordamida (F8 tugmasi)
o`tkaziladi. Yoki « Вставит » menyusida «Новый символ (New
symbol)» buyrig`ini (Ctrl+F8 tugmachalar majmuasi) tanlab yangi belgi
yaratamiz va belgilar kutubxonasi yordamida uni boshqaruv kadrga
qo`shamiz. Obe’ktning chegarasini rangini tanlash uchun uskunasidan,
asosni ranglash uchun uskunasidan, - chegara va asos rangini
almashtirish, o`zaro rang almashish uskunalaridan foydalanamiz.
Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni sichqonchaning o`ng
tomondagi tugma yordamida tanlab «Creat motion tweening» nomli
buyrug’`ini tanlaniladi. Shu harakatlar natijasida boshqaruv kadr rangi
ko`k rangga o`zgaradi. Endi sichqoncha bilan yangi kadrni tanlaniladi,
(masalan 25-chi kadrni) va F6 yoki Вставка menyusida ключевой кадр
(Insert keyframe) aktiv qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish
buyrug’`ini tanlaymiz.
Natijada 25-chi kadrda ko`k rangli boshqaruv kadr hosil qilinadi va
shu kadrgacha birinchi boshqaruv kadrdan strelka hosil bo`ladi. Birinchi
boshqarish kadrdan ikkinchi boshqarish kadrgacha kadrlar ko`k rangda
avtomatik xosil qilinadi.
Oxirgi harakatimiz - bu ikkinchi boshqarish kadrdagi belgini
o`zgartirish (cho`zish, aylantirish, kattalashtirish, kichkinalashtirish yoki
kadrdagi joylanishini o`zgartirish). Endi klaviaturadagi Enter tugmasini
bosamiz va yaratilgan animatsiyani ko`rishingiz mumkin.
253
Swf formatga o`tkzib, ko`rish uchun [Ctrl] + [Enter] tugmachalar
majmuasi bosiladi. Bu animatsiyadan foydalanish uchun «1-
animatsiya.swf» fayli hosil bo`ladi. Shakllar geometriyasini o`zgarishi
«shape tweening» asosidagi yaratilgan animatsiyadir. Bu turdagi
animatsiyani yaratish uchun boshqaruv kadrlar o`zgarishi «motion
tweening» asosidagi yaratilgan animatsiya xosil qilinadi.
Faqat endi oxirida ikkinchi qatlamdagi belgini butunlay o`chirib,
uning o`rniga kvadrat chizamiz. Shu harakatdan keyin kadrlar rangi o`rta
rangga qaytadi. Keyin birinchi va ikkinchi boshqaruv kadrlardagi grafik
tasvir belgini [Ctrl]+[B] («изменит» menyusidagi «разделит отделно
(Breack appartack)» buyrug’`i yordamida alohida shakllarga bo`lib
chiqamiz. Endi avval birinchi boshqaruv sichqoncha chap tugmasi bilan
tanlab «Свойства (Proprties)» yoki [Ctrl]+[F3] yoki Окно menyusining
shu nomli buyrug’`ini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi hosil qilinadi
va unda Tweening sohasida Motions o`rniga Shape holatini tanlaymiz.
Shu natijasida boshqaruv kadr rangi yashil rangga o`zgaradi. Endi
iikinchi boshqaruv kadrni ham sichqoncha bilan tanlab animatsiya turini
Motions dan Shapega o`zgartiramiz va oxirida klaviaturadagi [Enter]
tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko`rishimiz mumkin.
Yuqoridagi ikkala animatsiyalarda ham ikkita boshqarish kadrlar
o`rtasidagi masofa kadrlarni kompyuter o`zi avtomatik yaratdi va
animatsiya to`g`ri chiziq bo`yicha harakatlandi. Ammo agar bizga
harakat biror bir trayektoriya bo`yicha bajarilishi kerak bo`lsa, u holda
bunday animatsiyalarni hosil qilish uchun qatlam ustida maxsus harakat
trayektoriya qatlamini yaratish kerak bo`ladi. Shu qatlamda qalam bilan
kerakli traektoriya chizig`i chiziladi. Natijani ko`rish uchun [Enter]
tugmasini bosamiz. Shu bilan birga avtomatik animatsiyalarda
foydalanish mumkin bo`lgan yana bir effekt mavjud - bu maska qatlami.
Maska qatlami uchun asosiy qatlam ustida yangi bo`sh qatlam
yaratamiz. Shu qatlamni sichqonchaning chap tugmasi bilan bosib
Maska - Mask buyrug’ini tanlaymiz. Natijada qatlam ko`k rangga
o`zgaradi va ikkala qatlamlar o`zgarishlardan himoyalanadi. Maska
qatlamdan shu himoyani o‘chirib, boshqaruv kadrda bir nechta
254
to`rtburchaklar chizamiz. Keyin yana maska qatlamning himoyasini
yoqib klaviaturadagi [Enter] tugmasini bosamiz va natijani ko`ramiz.
Maska
qatlamdagi
boshqaruv
kadrni
motion
tweening
animatsiyalashtirilsa harakatlanish efekti yanada chiroyli bo`ladi.
Flashdagi animatsiya multi - rolikda ishlatiladigan ob’yektlarning
xossalarini o`zgartirishga asoslangan. Masalan, ob’yektlar yo`qolishi
yoki naydo bo`lishi, joylashuvini, ko`rinishini, rangi va boshqalarni
o`zgartirishi mumkin. Flashda ob’yektlarni animatsiyalashni uchta turli
usuli ko`zda to‘tilgan: kadrma-kadr («sinfik») animatsiya, bu usulda
muallif bo`lgusi «multi - rolik»ni har bir kadrini o`zi yaratadi yoki
boshqa joydan qabo‘l qiladi va namoyish ketma- ketligini o`zi o`rnatadi;
avtomatik animatsiya (tweened-animatsiya), bu usulda muallif multi –
rolik kadrlarini faqat birinchi va oxirgisini yaratadi, oraliq kadrlarni esa
Flash avtomatik tarzda o`zi yaratadi; tweened-animatsiyani ikki xil turi
mavjud: ob’yektni ko`chirishga asoslangan animatsiya (motion
animation) va ob’yektni transformatsiya (ko`rinishini o`zgartirish)siga
asoslangan animatsiya (shape animation); senariyga asoslangan
animatsiya; senariy - Flashning dasturlash tilida (bu til Actionscript deb
nomlanadi) ob’yektni hatti- harakatini berilishidir.
Bu tilni sintaksisi Web-xujjatlarda ishlatiladigan boshqa senariy
tillariga (masalan, JavaScript va VBScript) o`xshab ketadi. Ushbu
usullarning har birining o`ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor.
Masalan, tweened-animatsiya ikki afzallikga ega: birinchidan, muallif
har bir kadrni alohida yaratish zaruratidan qutulgan; ikkinchidan,
bunday multi – rolikni namoyish etish uchun Flashga faqat birinchi va
so`nggi kadrni saqlash kifoya, bu esa uz navbatida bunday rolikni
hajmini kam bo`lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, tweened-
animatsiyani faqat ob’yekt xossalari bir tekisda o`zgaradigan sodda
roliklar yaratish uchun ishlatsa bo`ladi. Actionscript sahnalarda
ob’yektni juda ham murakkab bo`lgan hatti- harakatini ifodalashi
mumkin. Lekin buning uchun Actionscript tilini o`rganish kerak bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |