O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   173
Nazorat uchun savollar 
1.
SbookBuilder dasturi imkoniyatlari qanday? 
2.
SbookBuilder dasturi interfeysini tushuntiring?
3.
SbookBuilder dasturi bilan ishlash uchun minimal talablar qanday?
4.
SbookBuilder oynasining umumiy tuzilishi qanday? 
5.
SbookBuilder muhitida qanday vositalar panelidan foydalanish 
mumkin? 
6.
SbookBuilder qanday ob’yektlar ishlatiladi?
7.
O‘byektlarning funksiyalarini tushuntiring?
 
8.
Select folder – bu maydonning o‘ziga xos xususiyatlari qanday? 
9.
Create ebook maydonidan foydalanish tartibini tushuntiring? 
10.
SbookBuilder da hujjatlar yaratish tartibi qanday? 
 
4§. Flash texnologiyasi. 
4.1. Flash texnologiyasi va uning imkoniyatlari 
 
Flash
texnologiyasi 1996 yildan beri rivojlanib kelmoqda uning 
yordamida interaktiv vektorli animatsiyalarni yaratish mumkin, veb 
saxifalar uchun. 
Flash 
yordamida yuklanish vaqti qisqa bo‘lgan, yuqori 
interaktiv vektorli animatsiyailarni yaratish mumkin.
Yana bulardan tashqari 
Flash
bu ko‘p funksiyali muhit bo‘lib 
uning yordamida ma’lumotlar ba’zasidan foydalanish, XML qo‘llash, 
audio va videolarni integratsyalash, real vaqtda shlyuz va server 
takliflarini qo‘lga kiritish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan bu 
operatsiyalarni 
J
avaScript
tiliga o‘xshash 
ActionScript
ssenariylari 
orqali amalga oshirish mumkin. 
Flash
bilan ishlovchi ko‘pgina kolektivlar hozirda 2 guruxga 
bo‘linib ishlashadilar ba’zilari 
ActionScript
dan foydalansalar boshqalari 
grafika bilan ishlashadi. Dinamik ma’lumotlar va ma’lumotlar 
ba’zasidan foydalanish, bu 
Flash 
ni alohida bir tarmog’i bo‘lib undan 
maxsus raqamli assistent xodimlari foydalanadilar. Hozirgi vaqtda 
Flash
shunaqangi keng va xilma xil muhitga aylanganki, uni hamma 
imkoniyatlarini bilgan holda, unda alohida individni topish qiyin.
Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli 
grafikdan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng 


245 
samarali grafik formatlardan bo`lmasada, SWF formati foydalanuvchi-
larga grafik imkoniyatlari cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi 
vositalar va natijani Web- brouzerlarda, kerakli muxarrirlarda 
foydalanish imkoniyatilari mavjud.
Flash texnologiyasining imkoniyatlardan yana biri - bu uning 
moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS 
tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli kompyuterlarida) 
ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida 
yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo`lishi, balki interfaol 
elementlar va tovush bilan boyitilishi hamda dasturlash orqali 
boshqarilishi mumkin.
Flash 
texnologiyasining 
mosalashuvchanlik 
va 
interfaol 
multimediya dasturlar yaratish imkoniyati ko`pchilik Web-dizaynerlar 
o`rtasidagi bahslarga sabab bo`lib, uni mashhurligini oshishiga 
imkoniyat berdi. Shuning uchun bu texnologiyaning yaratilishi bilan bir 
vaqtda Macromedia kompaniyasi tomonidan ikki asosiy web-
brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun 
elementlar Plug-In yaratildi. Bu esa, o`z navbatida Flash texnologiyasini 
Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu web-
brouzerlar yaratuvchilari swf formatini o`z dasturlarini asosiy formatlar 
bazasiga qabo‘l qildi. Bunday usulni boshqa yirik dasturiy ta’minot 
yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham qo`llay boshladi.
Macromedia kompaniyasi swf formatini juda oddiy va qulay 
uskunalar bilan ta’minlaganligi bu formatdan ko`p muxlislarning 
foydalanishiga olib keldi. Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu 
uskunalarni bir qancha to`liq to`plamlari ham mavjud. Ushbu uskuna-
larni bir turi Macromedia Director Shockwave Studio - multimediya 
taqdimotlarni yaratish, Macromedia FreeHand va Macromedia 
Fireworks - grafik tasvirlar muharriri, Macromedia Authorware va 
Macromedia CourseBuilder - interfaol o`rgatuvchi kurslarni yaratish 
muharriri va boshqalarni misol qilib olish mumkin. Web-sahifa 
yaratuvchilar orasida eng ko`p ishlatiladigani bu Macromedia Flash 
dasturidir, chunki ushbu dastur ixtiyoriy Web-sahifaga mashhurlik olib 
keluvchi banner va animatsiya, interfaol lavhalar yaratish imkonini 


246 
beradi. Balki shuning uchundir swf formatini oddiy qilib Flash deb 
atalish odatga kirib kolgan. Flash texnologiyalar tarkibining elementlari:

vektorli grafika; 

animatsiyani bir qancha usullarda ishlash;

interfeysda interfaol elementlarini yaratish;

sinxron ovoz qo`shish;

HTML formati va boshqa internetda foydalaniladigan barcha 
formatlarga o`tkazishni ta’minlash;

mustaqil platformali;

Flash-roliklarni avto rejimda ham, Web - brouzer yordamida ham 
ko`rish imkoniyati mavjud;

vizual uskunalari mavjudligi Flash-rolik yaratuvchilarini ko`plab 
murakkab 
amallardan 
xalos 
etadi, 
shuningdek 
Flash-
texnologiyalarning texnik asnektlarni o`rganishni talab etmaydi. 
Hozirgi vaqtda Web-sahifalarni yaratishda birinchi o`rinlardan 
birini rastrli grafika egallaydi. Rastrli formatlardan GIF (Graphics 
Interchange Format - ma’lumotlar almashuvi uchun grafik format), 
JPEG (Join Photographic Experts Group – tasvir bo`yicha mutaxassislar 
birlashgan guruhi) va PNG (Portable Network Graphics- ko`chirma 
grafik format) va boshqa formatlarni keltirish mumkin.
Rastrli grafikani ishlatishda tasvir nuqtalar majmuasi (piksellar – 
inglizca pixels) dan iborat bo`ladi. Bu nuqtalar bir - biri bilan bog`liq 
bo`lmaganligi uchun ushbu nuqtalarni har birga rangi va koordinatasi 
berilishi kerak.
Oddiy holda, agar ikki xil rangli tasvir ishlatilsa (masalan, oq-
qora), u holda har bir pikselni ta’riflash uchun bitta ikqili razryad (0- 
qora, 1- oq) ta’riflash etarli bo`ladi. 256 - rangli rasm uchun har bir 
pikselga bunday razryadlardan 8 ta kerak bo`ladi (256=2 8 ). Juda ham 
murakkab fotorealistik rangli tasvirlar 1 pikselga 24 razryad talab qiladi.
Natijada rastr tasvirli fayllar o`lchami tasvirni rang chuqurligi 
o`sgani sari oshib boradi. Rastrli tasvirlarni yana bir kamchiligi shundan 
iboratki, tasvir sifati piksel o`lchamiga bog`liq, u esa o`z navbatida 


247 
monitorni imkoniyati bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil rasm turli 
monitorlarda har xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin.
Rastrli tasvir o`lchamini o`zgartirish juda ham murakkab ishdir. 
Chunki bunday tasvirni kattalashtirish piksellar sonini o`sishiga olib 
keladi. Kompyuter grafikasi sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda 
murakkab rastrli tasvirlar piksellar «ko` naytirish» yoki “o`chirish (agar 
tavirni kichraytirish kerak bo`lsa)” algoritmlari ishlab chiqilgan, lekin 
ular doim ham ushbu masalani oqilona bajara olmaydi.
Web-sahifalarni yaratishda birinchi o`rinlardan birini vektorli 
grafika ham egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik 
formulalar bilan berilgan egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish 
etish usulidir. Masalan, istalgan doirani tasvirlash uchun uch-to`rt raqam 
kerak bo`ladi: radius, markaz koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning 
uchun, vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan bir qancha afzalliklarga 
ega:

vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter 
xotirasida rastrli tasvir piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi; 

tasvir (yoki uning ayrim qismlarini) sifatini yuqotmasdan 
chegaralanmagan kattalashtirish imkoniyati mavjudligi;

tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko`chirishning qulayligi.
Albatta, vektorli tasvirlarni o`z kamchiliklari ham mavjud. 
Masalan, fotorealistik tasvirni vektorli formatda namoyish qilish 
murakkabroq. Flash yaratuvchilari bunga echimni tonishgan. Flash 
yordamida Web – sahifalar tuzishda siz nafaqat vektorli balki rastrli 
tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin